Ukraina Qurolli kuçlari askarlari va ofitserlari nafaqat AQŞ Ukraina tomoniga taqdim etayotgan maxsus qurollardan foydalanişni örganadilar, balki qöşma taktik maşğulotlarda ham qatnaşadilar, dedi Pentagon matbuot kotibi, brigada generali Patrik Rayder jurnalistlarga.
Unga köra, yanvar oyida Germaniyada joylaştirilişi va iş boşlaşi kutilayotgan kurslarda har oy 500 ga yaqin ukrainalik askarlar qatnaşadi.
Bundan oldin Qöşma Ştatlar Ukrainaga boşqarilmaydigan aviatsiya qurollarini Rossiya harbiy pozitsiyalariga yuqori aniqlik bilan zarba bera oladigan «aqlli bomba»ga aylantirişi mumkin bölgan ilğor elektron uskunalar jönatmoqçi ekani ma’lum qilingandi.
Bu haqda AQŞning yuqori martabali rasmiylariga tayanib, The Washington Post (WP) xabar berdi.
Töplamlar orasida turli xil qurollarga örnatilişi mumkin bölgan GPS texnologiyasi asosidagi qurilma mavjud. Naşr suhbatdoşlari Ukraina tomoni bunday töplamlar bilan aviatsiya yoki yerdagi qurollarni jihozlaşi borasida aniq holatni oçiqlamagan.


















