Minskda huquq-tartibot idoralari xodimlari belaruslik taniqli sportçi, 2008 yilgi yozgi olimpiya öyinlarining yadro uloqtiriş böyiça bronza medali sohibasi Nadejda Ostapçukni qölga oldi. Bu haqda 15 dekabr, payşanba kuni «Xartiya-97» portali va «Hayot uçun mamlakat» xayriya jamğarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Ostapçuk hozirda Okrestina köçasidagi Minsk tergov izolyatorida saqlanyapti. Qölga oliş sabablari noma’lum, xavfsizlik kuçlari uning uçun posilkani qabul qilişdan boş tortyapti.
Avvalroq Nadejda Ostapçuk Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoning siyosatini, xususan, özgaça fikrlovçilarga qarşi repressiyalarni bir neça bor qoralagan edi.
2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin sportçi 2005 yilda Yevropa çempionatida qölga kiritgan oltin medalini kimoşdi savdosida 11 100 dollarga sotdi. U tuşgan mablağni Lukaşenko rejimidan jabr körgan sportçilar va siyosiy mahbuslarga yordam beriş uçun sarfladi.

















