Ukrainaga qarşi uruş uçun "Orlan-10" dronlarini işlab çiqaruvçi Sankt-Peterburg kompaniyasi AQŞ, Xitoy va Rossiyadagi vositaçi firmalar orqali Ğarb sanksiyalarini çetlab ötib, xorijiy komponentlarni sotib olyapti. Bu haqda 15 dekabr, payşanba kuni e’lon qilingan "Vajnyye istorii", Reuters va Britaniya Mudofaa tadqiqot instituti (RUSI) ötkazgan suriştiruv materiallaridan ma’lum böldi.

Rossiya 2014 yildan beri Ukrainada "Orlanlar"dan foydalanmoqda. Suriştiruvçilar aniqlaganidek, dron asosan xorijiy kompaniyalar - Amerikaning Altera va Xilinx, Texas Instrumens, Microchip Technology, Analog Devices, Linear Technology, Yevropaning STMicroelectronics va NXP Semiconductors, Yaponiyaning Renesas Electronics va Saito Seisakusho kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan komponentlardan yiğilgan.

Rossiyada «Orlanlar»ni işlab çiqariş bilan Sankt-Peterburgning «Maxsus texnologiyalar markazi» (MTM) kompaniyasi şuğullanadi, u 2016 yildan beri «GRUga elektron razvedka işlarini olib borişda yordam bergani» uçun AQŞ sanksiyalari ostida. Tergov ma’lumotlariga köra, MTM uçun xorijiy komponentlarning asosiy yetkazib beruvçisi "SMT-Aylogik" hisoblanadi. Yanvardan oktyabrgaça u 25,7 million dollarlik mahsulot import qilgan.

"SMT-Aylogik", öz navbatida, xorijiy komponentlarning asosiy qismini Kanadaning Toronto şahrida yaşovçi rossiyalik Aleksandr Trofimovga tegişli bölgan Hongkongning Asia Pacific Links kompaniyasidan oladi. Jurnalistlar aniqlaşiça, 2017 yildan beri Asia Pacific Links "SMT-Aylogik" kompaniyasiga 12 million dollarlik komponentlar yetkazib bergan. Bu miqdorning yarmiga yaqini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlangan davrga töğri keladi.

Amerika vositaçisi Aleks Stenton nomi bilan ham tanilgan Rossiya va AQŞ fuqarosi Igor Kajdanga tegişli Ik Tech kompaniyasidir. 2018 yildan 2021 yilgaça Ik Tech Rossiyaga 2,2 million dollarlik mahsulot yetkazib berdi. Ularning 90 foizdan ortiği "SMT-Aylogik" buyurtmalariga töğri keldi. Uşbu elementlar orasida Gumstix tomonidan işlab çiqarilgan 1400 ta protsessor modullari bor edi. Bunday komponentlar Ukrainada Rossiya «Orlanlari»da topilgan.

Eksport nazorati qoidalarini buziş jinoiy javobgarlikka sabab böladi. Şu bilan birga, agar yetkazib beriş uçinçi davlatdagi vositaçi orqali ötsa va komponentlar eksport nazoratiga tegişli bölmasa, işlab çiqaruvçilar heç narsadan xavfsiramasa ham böladi, deydi suriştiruv mualliflari.