Kun.uz UzAuto Motors kompaniyasining Özbekistondagi dilerlari bilan boğlanib, Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uçun şartnomalar beriş töxtatilgani haqida xabar bergandi. Kompaniya uşbu holatga rasmiy izoh berdi.
Qayd etilişiça, hamyonbop avtomaşinalar böyiça şartnomalarni qabul qiliş töxtatilişiga Özbekistonda avtomobillarga bölgan talabning anomal ösişi va global muammolar kuçaygani sabab bölgan.
«Özbekistonda avtomobillarga bölgan talabning anomal ösişi va global muammolar kuçayganini hisobga olib, kompaniya bunday şaroitda boşqa avtomobil işlab çiqaruvçilar tomonidan qöllangan yöldan borişni töğri deb hisoblaydi va Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga şartnomalar qabul qilişni vaqtinça töxtatadi. Bu öz navbatida barça sa’y-harakatni avval tuzilgan şartnomalar böyiça avtomobil işlab çiqarişga yönaltiradi», - deyiladi kompaniyaning rasmiy xabarida.
Deputat Rasul Kuşerbayev UzAuto Motors’ning uşbu qarorini xaridorlarni qöllab-quvvatlaş emas, balki narxlarni oşiriş uçun qilinayotgan öyin deb hisoblamoqda.
«Şaxsan men kompaniyaning vajlariga işonmayman. Bu monopolistning xaridorgir avtomobillarga sun’iy defitsit yaratib, narxni oşiriş borasidagi navbatdagi öyini bölişi mumkin», - deya yozadi Kuşerbayev.
Avvalgi yillarda kontraktatsiya töxtab, narxlar oşgan holda qayta oçilgani xaridorlarning narx oşişi borasidagi xavotirlariga sabab bölmoqda.
Ötgan oylarda Spark va Nexia avtomobillari işlab çiqarişdan olingan, natijada ayni paytda mijozlar faqat yangi Onix modeli uçun şartnoma qilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, kompaniya 2023 yilda Sobalt va Damas işlab çiqarişni oşirib, Gentra işlab çiqarişni töxtatişini ma’lum qilgan.

















