
Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan tikuv maşinasi xaridi uçun ötkazilgan, umumiy qiymati 3,4 mlrd sömlik tenderlarda oçilganiga 1, 2, 3 va 4 kun bölgan firmalar, ya’ni tender bölib ötayotgan vaqtda oçilgan yangi korxonalar ğolib bölgan edi. Kun.uz bu haqda 30 noyabrdagi maqolada e’tibor qaratgandi.
Agentlik holatga 2 dekabr kuni munosabat bildirib, bu şubhali xaridlar böyiça örganiş işlari boşlangani, tekşiruvga Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi xodimlari ham jalb etilganini ma’lum qilgandi. Oradan 18 kun ötdi, lekin tekşiruv natijalari böyiça ma’lumotlar taqdim etilmadi.
Bugunga kelib esa şubhali tenderlarning törtalasi böyiça ham şartnomalar imzolangani ma’lum böldi.
1-holat. 885 mln söm
888 mln sömlik tenderda tender tugaşiga 4 kun qolganda oçilgan «SOLD IT 1111» MÇJ ğolib deb topilgandi, bu korxona bilan 6 dekabr kuni 885 mln sömlik şartnoma tuzilgan.

2-holat. 701 mln söm
726 mln sömlik tenderda tender tugaşiga 1 kun qolganda oçilgan «INTEND 045» MÇJ ğolib deb topilgandi, bu korxona bilan 6 dekabr kuni 701 mln sömlik şartnoma tuzilgan.


















