Moliya vaziri Timur Işmetov Qonunçilik palatasida 2023 yilgi davlat budjeti loyihasi haqida axborot berdi. U öz nutqida davlat qarzi böyiça rejalarga ham töxtaldi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“2022 yil yakunlari böyiça davlat qarzi 29 mlrd 215 mln dollarni taşkil etişi kutilayotgan bölsa, keyingi yil (2023 yil) 32 mlrd 62 mln dollarni taşkil etişi kutilmoqda. Bunda taşqi qarzning YaIMda uluşi kelgusi yilda ham joriy yildagi kabi 36 foizni taşkil etişi prognoz qilinmoqda”, – dedi Işmetov.

Deputat Botir Mardayev 2023 yil Özbekiston Respublikasi nomidan va kafolati ostida taşqi qarzlarni jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan bitimlar borasida savol berdi.

“Bitimlarning umumiy qiymati 4,5 mlrd dollarni taşkil qilişi, şundan davlat budjetini qöllab-quvvatlaş, budjet taqçilligi uçun 2 mlrd (bu ötgan yilga nisbatan 500 mlrd dollarga kam), investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun esa 2,5 mlrd dollar (bu ötgan yilga nisbatan 500 mln dollar köp) belgilanyapti. Bu özgariş davlatning taşqi qarz sohasidagi strategiyasiga qançalik mos keladi?” – söradi deputat.

Timur Işmetov “Davlat qarzi töğrisida”gi qonunda davlat taşqi qarzining eng yuqori limiti YaIMga nisbatan 60 foizdan oşmasligi, 50 foizga yetganda hukumat tomonidan budjet xarajatlarini maqbullaştiriş borasida çoralarni köriş, qarz infrastruktura va ijtimoiy sohalarga yönaltiriş belgilanganini eslatdi.

“Siz aytgan 2 mlrd va 2,5 mlrd dollar... asli boşida yillik qarz limitini 4 mlrd qilamiz deb reja qilgandik. 2020 yilda pandemiya boşlandi va xarajatlarni oşirişga majbur böldik. Şu jumladan, defitsitni va uni moliyalaştiriş uçun ham qarz mablağlarini 5 mlrdga oşirişga majbur böldik. Keyingi yildan (2023 yil) boşlab jami qarzni 4,5 mlrdga tuşirişni reja qilganmiz.

Umumiy xarajat tarkibida qança qismi budjetga, qançasi loyihalarga, umuman taşqi qarz umumiy miqdorining ahamiyati yöq. Xohlardikki, budjet taqçilligi 3 foiz bölsin, bu biz uçun örta muddatda eng yuqori körsatkiç bölişi kerak. Bundan keyin defitsitni kamaytiriş uçun taşqi qarzni ham kamaytiriş ustida işlayapmiz. 2–2,5 mlrd budjet defitsiti yoki loyihalarni moliyalaştirişga taşqi qarz jalb qiliş kerak, şuning uçun 2–2,5 mlrd limit belgilangan”, – dedi vazir.

Deputatlar 2023 yilgi davlat budjeti haqidagi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. 112 deputat loyihani yoqladi, bittasi qarşi çiqdi, uçtasi betaraf qoldi, 9 kişi ovoz bermadi.

Eslatib ötamiz, ötgan oyda Moliya vazirligi 2022 yilning I yarim yilligi uçun taşqi qarz holati va dinamikasi haqida hisobot bergan edi. 1 iyul holatiga, davlat qarzi 26 mlrd dollarni (şundan davlat taşqi qarzi – 23,26 mlrd dollar, davlat içki qarzi – 2,77 mlrd dollar) yoki yalpi içki mahsulotga (YaIM) nisbatan 35,1 foizni