Minskdagi uçraşuvda Putin Belarus rahbarini bilvosita tuzatişga işontira olmay, Lukaşenkoning tezislarini qabul qilgandek tuyulgani bu bahoni tasdiqlaydi, deydi tahlilçilar. 

ISW ekspertlari hali ham Belarusning Ukrainaga qarşi Rossiya uruşida iştirok etişi ehtimoli past, deb hisoblaşyapti. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Putin Lukaşenko bilan Belarusning uruşda iştirok etişini muhokama qilmoqçi ekanligini inkor qilgan edi. Kreml bunday ayblovlarni asossiz deb hisobladi. 

Uruş boşlanişidan bir neça kun oldin ham Peskov xuddi şunday yöl tutgan va Putinning Ukrainaga bostirib kiriş niyatini qat’iyan rad etgandi, ammo Rossiya prezidenti matbuot kotibining hozirgi sözlari, ehtimol, Putinning Lukaşenkoni uruşga jalb qiliş istagini yaşirişga urinişdir. Bu boradagi sa’y-harakatlar esa muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi, deydi tahlilçilar. 

Bundan oldin Putin va Lukaşenko harbiy hamkorlik tafsilotlarini oşkor qilgandi.

Belarus Rossiya tomonidan berilgan S-400 uzoq masofali havo mudofaa tizimini jangovar navbatga qöydi, şuningdek, raketalari yadroviy kallakni olib yurişi mumkin bölgan «Iskander» kompleksini oldi. 

Bu haqda Aleksandr Lukaşenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Minskda bölib ötgan muzokaralar yakunlari böyiça ma’lum qildi. Fevral oyida u S-400 tizimlari Minsk yaqinida «Kiyevda, Varşavadan taşqarida va hokazolarda nima bölayotganini köriş uçun» joylaştirilişi mumkinligini aytgan edi.

Bundan taşqari, Moskva va Minsk muntazam harbiy maşğulotlar amaliyotini davom ettirişga kelişib oldilar va rossiyalik mutaxassislar, xususan, yadroviy kallaklarni taşiş uçun qayta jihozlangan Belarus samolyotlari ekipajlarini tayyorlaydi.