Demokratlar boşçiligidagi qömita Adliya vazirligi Trampga qarşi jinoiy iş qözğatişini bir ovozdan yoqladi.
Tramp tarafdorlari 2021 yil 6 yanvar kuni Kongressga bostirib kirib, Jo Baydenning prezidentlik sertifikatsiyasiga tösqinlik qilgan edi. Kapitoliy binosi yaqinida norozilik namoyişi sifatida boşlangan voqea qurolli töqnaşuv va binoning egallab olinişiga aylandi. Prezident saylovi natijalarini bekor qilişni va ğalabani Trampga berişni talab qilgan namoyişçilar Kapitoliy qöriqlaş xizmatini yorib ötib, binoga bostirib kirişdi. Töpolon paytida beş kişi halok böldi. Kapitoliydagi tartibsizliklarda 900 dan ortiq odam ayblangan.
Tramp barça ayblovlarni rad etmoqda va komissiyani «kenguru sudi» deb atadi (inglizça idioma adolatsiz sud, kenguru kabi sakrab ötadigan tez jarayon degan ma’noni anglatadi).
AQŞ tarixida sobiq prezidentlarning heç biriga jinoyat böyiça ayblov e’lon qilinmagan.
Tartibsizliklar taxminan 18 oy davomida tergov qilingandan söng, Vakillar Palatasining maxsus qömitasi duşanba kungi yiğilişida Trampga nisbatan törtta ayblov qöyişni tavsiya qildi:
- Qözğolonga undaş, isyonçilarga yordam yoki tasalli beriş;
- Rasmiy suriştiruvga tösqinlik qiliş;
- Qöşma Ştatlarni aldaş uçun fitna uyuştiriş;
- Yolğon bayonot uçun fitna uyuştiriş.
Adliya vazirligi prokurorlari Trampga jinoyat işi qözğatiş masalasini örganib çiqmoqda, ammo Kongress qömitasi tavsiyasiga amal qilişi şart emas.
Komissiyaning harakatlari asosan ramziy ma’noga ega bölsa-da, rais taklif etilayotgan ayblovlarni «adolat sari yöl xaritasi» deb baholadi.

















