Özbekiston Energetika vazirligi va Qirğiz Respublikasi Energetika vazirligining qöşma bayonoti e’lon qilindi.

Unda aytilişiça, 2021 yilning 11 mart kuni Qirğiziston Energetika va sanoat vazirligi, Özbekiston Energetika vazirligi hamda Özbekiston Suv xöjaligi vazirligi özaro bayonnoma imzolagan. Unga köra, elektr energiyasini özaro yetkazib beriş tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oşiriladi.

«Markaziy Osiyo mintaqasida suv taqçilligi hisobga olinib, «Töxtagul» suv omborining öta oğir darajaga tuşişiga yöl qöymaslik maqsadida, tomonlarning xöjalik yurituvçi sub’yektlari örtasidagi kelişuvlarga asosan, Turkmaniston gazidan işlab çiqarilgan elektr energiyasi Qirğizistonga yetkazib berildi.

Şu bilan birga, şartnoma asosidagi kelişuvlarga muvofiq, elektr energiyasini Turkmanistondan Qirğizistonga Özbekiston energetika tizimi orqali tranzit qiliş energetika tizimlarining imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda amalga oşirilmoqda.

Ta’kidlaş lozimki, tomonlarning xöjalik yurituvçi sub’yektlari örtasida 2023 yilda Turkmaniston elektr energiyasi tranzitini ta’minlaşga qaratilgan tegişli şartnomalar imzolangan.

Ikki mamlakat Energetika vazirliklari va energetika korxonalari örtasidagi hamkorlik özaro hurmat va energetika tizimlari işlaş rejimining izçilligi tamoyillari asosida amalga oşirilmoqda», deyiladi Özbekiston Energetika vazirligi bayonotida.

Ma’lumot uçun, Qirğizistonda elektr energiyasi asosan GESlarda, Özbekistonda esa IESlarda işlab çiqariladi. Ayni paytda, Qirğizistonning Jalolobod viloyatida joylaşgan «Töxtagul» suv omboridagi suv yildan yilga kamayib bormoqda. Suv sathi “ölik çegara”gaça tuşişi mumkinligi ham aytiladi. Bu esa mintaqaning energetika tizimi va qişloq xöjaligiga salbiy ta’sir qiladi.

Qirğiziston kuz-qiş oylarida elektrga talab ortgan vaqtda elektr generatsiya qiliş maqsadida ombordagi suvni köp miqdorda çiqarib yuborsa, bu suvning örnini bahor-yoz oylarida töldirişga majbur böladi, bu esa Özbekistonning Farğona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qişloq xöjaligiga salbiy ta’sir qiladi.