Uning sözlariga köra, 30 noyabr kuni Pravdino qişloğida dafn etilgan 7 nafar fuqaro, jumladan, ösmir qiz jasadi topilgan. Rossiya qöşinlari tinç aholiga nisbatan zöravonlikni taqiqlovçi 4-Jyeneva konvensiyasini buzmoqda, deb yozdi Reznikov Twitter’da. 

Bundan taşqari, u Xarkiv viloyatining bosib olingan hududida halok bölganlarni qidiriş işlari davom ettirilişini ma’lum qildi. Ayni paytda u yerda 500 dan ortiq tinç aholi, jumladan, bolalar jasadi topilgan, dedi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari.

Avvalroq Rossiya qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri 447 nafar bola halok bölgani xabar berilgandi. Bunday ma’lumotlar Ukraina Boş prokuraturasi ofisi (BPO) tomonidan yuvenal prokurorlarning rasmiy ma’lumotlariga tayangan holda taqdim etilgan. 

Ularning ma’lumotlariga köra, Rossiya tajovuzi natijasida 856 nafardan ortiq ukrainalik bolalar turli oğirlik darajasidagi tan jarohati olgan. Umuman olganda, kamida 1303 nafar bola jabr körgan.

Bolalarning aksariyati Donetsk (426), Xarkiv (267) va Kiyev (117) viloyatlarida jabrlangan.