Ijtimoiy tarmoqlarda “Dok-1 MAKS” preparati bolalar o‘limiga sabab bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalmoqda
Samarqanddagi bolalar shifoxonasida Dok-1MAKS preparati sabab 15 nafar bola vafot etgani aytilmoqda. SSV matbuot xizmati vaziyat o‘rganilayotganini ma’lum qildi. Ushbu dori vositalarining O‘zbekistondagi savdosi 22 dekabrdan vaqtincha to‘xtatildi.

Foto: KUN.UZ
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rahbari M.Q. Azizovning viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozovga yo‘llagan rasmiy xati tarqaldi. Unda aytilishicha, oxirgi paytda bolalar o‘rtasida nafas yo‘llari virusi kasalliklari ko‘paygan. Shunday vaziyatda bemorlarga shifokorlar yoki onalarning o‘zi Dok-1MAKS preparatini berishyapti.
Xatda bu preparatning tarkibi haqida ham ma’lumot berilgan. Unga ko‘ra, Dok-1MAKS preparatida 500 mg paratsetamol, 200 mg gvayfenizin BF va 10mg fenilefrina gidroxlorid BFdan bor.
«Dok-1MAKS preparati qo‘llanganda juda ko‘p holatlarda nojo‘ya ta’siri oqibatida bizga murojaat qilmoqda. Asosan bolalarda buyrak zararlanishi va yetishmovchiligi belgilari bilan namoyon bo‘lmoqda», – deb yozgan markaz bosh vrachi M.Q. Azizov.
Ma’lum qilinishicha, markazga oxirgi 2 oyda 21 nafar bemor shu dorini qabul qilgandan so‘ng nojo‘ya ta’siri bilan murojaat qilgan. Bemor bolalarda asosan anuriya kuzatilgan.
«Bulardan 17 nafarida kasallik nihoyatda og‘ir kechdi, hatto bir nechta gemodializ seanslari o‘tkazishga ham to‘g‘ri keldi. 15 nafarida o‘lim holati kuzatildi», – deyilgan tarqalgan xatda.
SSV matbuot xizmati «Dok-1 Maks» tabletka va sirop dori vositalari bilan bog‘liq vaziyat o‘rganilayotgani haqida xabar qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan «Dok-1 Maks» tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan so‘ng bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ushbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.
Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.
Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli «Dok-1 Maks» tabletka va limon va asal ta’mli sirop dori vositalari o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida e’lon qilinadi», deyiladi vazirlik axborotida.
Farmatsevtika agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu dori vositalarining O‘zbekistondagi savdosi 2022 yil 22 dekabrdan vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda «Quramax Medical» MChJ tomonidan realizatsiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Armaniston va Ummonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
Jahon | 13:41
-
Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi
O‘zbekiston | 13:40
-
“Mulala” GESi qurilishini Xitoy moliyalashtiradi” – “O‘zbekgidroenergo”
O‘zbekiston | 13:38
-
Ramazonda ham to‘xtamagan qirg‘in, Yevropa rejalashtirayotgan tinchlik rejasi va Pentagon rahbarining yangi tatuirovkasi - kun dayjesti
Jahon | 13:34
Mavzuga oid

13:40
Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

12:27 / 26.03.2025
BMT idorasi O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari eksportida ko‘maklashadi

11:20 / 26.03.2025