Turli sabablar bilan turt muçasi soğ jigarbandidan voz keçib, bolasini mehribonlik uylariga taşlab ketgan onalar qançadan qança. Farzand qadriga yetmaganlar sabr va matonatni beşariqlik Malohat opadan örgansin.

56 yoşli Malohat Mudumarova Beşariq tumani Oltinköl mahallasida tuğma nogiron yolğiz öğli bilan umrguzaronlik qilib kelmoqda.

40 yoşimda ona böldim

«Birinçi oilam bilan 10 yil yaşadim. Toğamga kelin bölgan edim. Farzand körmadik. Ikkinçi rözğorimdan 2004 yilda öğlim Yahyobek tuğildi. U tuğma nogiron edi, şu sabab oilam buzildi. Öğlim 5 yoşga tölganida ota uyga qaytib kelişga majbur böldim. Boşimga ne savdolar tuşgan bölsa ham otasidan nolimayman.

40 yoşda ona bölganim uçunmi homila yaxşi rivojlanmagan ekan. Şifokorlar yo men yo öğlim nobud bölişini aytişdi. Lekin ming şukrki ikkimiz ham omon qoldik. Barça onalarni hayotda sabrli bölişga çaqiraman», — deydi Malohat Mudumarova.

Kuçdan qolgunça öğlimni yelkamda kötaraman

Taşqari qahraton qiş bölsa-da, Yahyobek toza havoga çiqişni xohlaydi. Ona-bola uyda juda kam ötirişadi.

«Vaqtimiz deyarli köçada, toza havoda ötadi. Yahyobekni doim yelkamda opiçlab yuraman. Sayr qilamiz, dökonlarga olib boramiz. Bolam ulğayib, vazni ham ortdi. Lekin şunda ham doim kötarib yuraman. Bu menga odat bölib qolgan. Öğlim dalaga, kenglikka talpinadi. Buni uning nigohlaridan payqayman. Köçada sayr qilişni xuş köradi.