Uzbekistan Airports boşqaruvi raisi buyruği bilan Şukurjon Ğoipov 2022 yil 21 dekabrdan boşlab «Toşkent» xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Kompaniya xabariga köra, bu lavozimda u aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi qarori bilan aeroport direktori lavozimini tark etgan Mirzohid Tursunovning örnini egalladi.
Özbekiston Milliy universiteti siyosatşunoslik fakultetini tamomlagan Şukurjon Ğoipov mehnat faoliyatini Toşkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat körsatişni muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş bölimida muhandis sifatida boşlagan.
U 2018 yildan hozirgaça «Toşkent-1» hukumat terminali rahbari lavozimida işlab kelgan.
Uzbekistan Airports respublika 11 ta xalqaro aeroporti boşqaruvini amalga oşiruvçi kompaniya hisoblanadi.

















