AQŞ Soliq xizmatini (IRS) nazorat qiluvçi Kongress Vakillar palatasi qömitasi Oq uy sobiq rahbari Donald Trampning 2015 yildan 2020 yilgaça bölgan davrdagi soliq deklaratsiyasini örganib çiqdi va öz hisobotini e’lon qildi. 

Qömita a’zolariga köra, mamlakatning sobiq prezidenti ba’zida umuman soliq tölamagan. 

Tramp prezidentlik davridan oldin ham, prezident paytida ham tölagan soliqlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilişdan muntazam boş tortgani sababli, hujjatlarni örganiş muammo tuğdirgan. Bunday şaroitda audit tekşiruvini ötkaziş qimmatga tuşişi va köp vaqt talab qilişi bilan murakkablaşar edi. 

Soliq xizmatining kamçiliklari auditorlarning yetarli emasligi bilan izohlandi. 

IRS kamçiliklarini aniqlaş oson. Ularda resurs yetişmaydi. Boyvaççalar soliq qonunlarini çetlab ötişi mumkin, çunki IRS ularni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun resurslarga ega emas, dedi Stiven Rozental, Urban Institute Soliq siyosati markazining katta ilmiy xodimi. 

Biroq agentlik Donald Tramp 2018-2019 yillarda jami 1,1 million dollar miqdorida daromad soliği tölaganini aniqlaşga muvaffaq böldi. 2017 yilda bu miqdor bor-yöği 750 dollarni taşkil etgan bölsa, 2020 yilda siyosatçi katta zarar körganini aytib, ğaznaga bir dollar ham tölamadi. 

Tramp 2015 va 2020 yillar oraliğida xayriyaga ham pul sarflagan, bu masalani yanada murakkablaştiradi. Çunki, u zarar körgani bahonasida xayriya mablağlarini soliqlardan çegirib taşlaşni keyingi yillarga qoldirgan. Bu esa vaziyatni yanada çigallaştirgan.