«Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi.

Mazkur farmon bilan eksportçi korxonalarni qöllab-quvvatlaşning quyidagi qöşimça çoralarini joriy etiş nazarda tutilmoqda:

Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan eksportoldi moliyalaştiriş uçun ajratiladigan resurslardan berilgan kreditlarni öz vaqtida söndirib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga amaldagi kreditning söndirilgan qismiga mutanosib ravişda qöşimça kreditlar ajratiş imkoniyati yaratilmoqda. Amaldagi qonunçilikka muvofiq Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditni töliq söndirmagan eksport qiluvçiga moliyaviy resurslar ajratilmasligi belgilangan.

2024 yil 1 yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokaş davlatlariga gazlama va trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilişda transport xarajatlarining 70 foizgaça miqdorida kompensatsiya qilişga subsidiyalar taqdim etiladi.

Ma’lumot uçun, 2022 yil yanvar-noyabr oylarida 133 mln dollarlik, şundan Yevropa davlatlariga 20 mln dollar, Turkiyaga 3 mln dollarlik gazlama eksport qilingan.

Paxta, kungaboqar, makkajöxori va soya yoğidan taşqari barça ösimlik yoğlarini eksport qilişga ruxsat beriladi.