XOQ 1904 yildan beri Olimpiya öyinlaridan joy olgan boksni 2024 yildan boşlab öyinlar dasturidan butunlay çiqarib taşlaş bilan tahdid qilmoqda. Bunga rossiyalik Umar Kremlyov boşçiligidagi IBA tomonidan «Gazprom» bilan yangi homiylik şartnomasi imzolanişi sabab bölgan.
Qayd qiliş joizki, XOQ va IBA örtasidagi uzoq yillik ziddiyatga qaramay, boksni Olimpiya maqomidan mahrum qiliş böyiça real tahdidlar ilgari heç qaçon bölmagan.
Töğri, Tokio-2020 olimpiadasida IBA boks turnirini ötkazişdan mahrum etildi. Uni XOQ taşkil qilgan edi. Bundan taşqari, 2028 yilda Los-Anjyelesda bölib ötadigan Olimpiada öyinlarining vaqtinçalik dasturida boksning Olimpiya sport turi sifatidagi maqomi haligaça tasdiqlanmagan.
Ammo 2024 yilga kelsak, XOQ boks musobaqalarini yana mustaqil ravişda ötkaziş niyatida edi. Boksni dasturdan çiqarib yuboriş masalasi körilmayotgan edi.
XOQ bayonotida Olimpiada rahbariyatini keskin çoralar körişga undaydigan bir qança sabablar sanab ötilgan. Eng muhimi - «Gazprom»ning IBA asosiy homiysiga aylangani.
XOQ Rossiya gaz giganti bilan kelişuvning uzaytirilişi «IBA Rossiya hukumati tomonidan nazorat qilinadigan kompaniyaga qaram bölib qolişda davom etişiga» olib keladi deb hisoblamoqda.
Şuningdek, IBA Sport arbitraj sudining (CAS) qarorini bajarişdan boş tortişda ayblanmoqda. May oyida IBA prezidentligi saylovida Umar Kremlyov bilan raqobatlaşişga uringan gollandiyalik Boris van der First saylovdan çetlatilgan edi. CAS bu qaror noqonuniy bölgan deb topdi va saylov qayta ötkazilişini talab qildi. Ammo IBA kongressi köpçilik ovoz bilan yangi saylov ötkazişga qarşi ovoz berdi va Kremlyovga katta işonç bildirdi.
«XOQ sönggi voqealar zamirida boksning 2024 yilgi Olimpiada dasturidan çiqarilişiga sabab böladigan barça holatlarni hisobga olişga majbur böladi», — deyiladi XOQ bayonotida.
Hozirda XOQ va IBA örtasidagi kelişmovçiliklarni hal qiliş imkoniyati kam. Ikki hafta oldin, IBA kongressida Umar Kremlyov XOQ rahbariyatiga murojaat qilib, «Bizga şart qöyişni bas qiling, bizga hayotni örgatmang», deb keskin javob qaytargan va taşkilotdan öz işiga aralaşmaslikni talab qilgan edi.

















