2023 yildan Kanadada xorijliklarga turar joylarni sotişni taqiqlovçi qonun kuçga kiradi, mamlakat parlamenti bunga yozda ovoz bergan.
Canada Mortgage and Housing Corporation milliy uy agentligi bitimlar çeklanganini tasdiqladi, bu taşkilot davlat ipoteka suğurtaçisi sifatida ham işlaydi.
Kanada qonunçilari fikriga köra, uşbu qonun mamlakat aholisi uçun hamyonbop uy-joylar miqdorini oşirişi kerak. Yangi me’yorlar 2 yil davomida amal qiladi va uzaytirilişi mumkin.
Istisno tariqasida Kanadada işlaş uçun ruxsatnomaga ega bölgan çet elliklar (şu jumladan vaqtinçalik işlovçilar), şuningdek qoçqinlik maqomini oliş uçun ariza berganlar yoki bunday maqomni olganlar, bir qator şartlarga rioya qilgan holda Kanada universitetlarida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar ham uy-joy sotib olişi mumkin böladi.
Uşbu qonunni buzgan şaxslar 10 ming Kanada dollari (taxminan 85 mln söm) miqdorida jarimaga tortilişi mumkin, şuningdek, qoidani çetlab ötgan holda xarid qilingan uyni sotişi kerak böladi.
«Uy-joy tovar bölmasligi kerak. Qonun uylar faqat Kanada fuqarolariga tegişli bölişini kafolatlaydi», dedi Ahmad Husayn, uy-joy, xilma-xillik va inklyuzivlik departamenti rahbari.

















