Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu vazirlikning kengaytirilgan yiğilişida mamlakat armiyasida keng islohotlar ötkazilişini ma’lum qildi. Bu voqea öz-özidan Rossiya harbiy qömondonligining Rossiya-Ukraina uruşi davrida yöl qöygan, butun dunyo körgan xatolarini amalda tan olişidir.
Şoyguning hisobotining bir neçta qismi armiya sonining yaqinlaşib kelayotgan köpayişiga bağişlangan (Ukraina bilan jang qiliş uçun uning soni kamligi körinib qoldi).
— Armiyadagi harbiy xizmatçilarning (şartnoma böyiça xizmat qilayotganlar, muddatli harbiy xizmatçilar va safarbar qilinganlar) maksimal miqdori 1 million 150 mingdan bir yarim millionga oşirilişi belgilandi. Avgust oyida ham Putin armiya sonini 140 mingga köpaytirgandi. Şu tariqa, Ukrainadagi uruş boşlangandan buyon Rossiya armiyasi soni jami deyarli 490 mingga köpaytirildi.
— Şartnoma böyiça xizmat qiluvçi harbiy xodimlar soni 290 mingga köpaytirilib, 695 mingga yetkazilişi belgilandi. 2022 yil oxirigaça, Rossiya armiyasida 521 ming şartnomaviy harbiy xizmatçilar bölişi va Şoyguning sözlariga köra, ular safarbar qilinganlarni qisman almaştirişi rejalaştirildi (vazir almaştiriş mexanizmi qanday bölişini aytmagan).
— Beşta yangi motoöqçi va desant diviziyasi hamda armiya korpusi tuziş, şuningdek, diviziya tarkibiga öndan ortiq brigadalarni kiritiş töğrisida qaror qabul qilindi (bu ulardagi harbiy xizmatçilar soni ikki-uç baravar köpayişini anglatadi). Şuningdek, bir neçta yangi aviatsiya polklari va brigadalari hamda beşta yangi artilleriya diviziyasini taşkil etiş rejalaştirildi.
Körinib turibdiki, Rossiya Federatsiyasining hozirgaça safarbar qilingan fuqarolari va islohotlardan keyin şartnoma böyiça askarlikka olinganlar aynan şu yangi bölinmalar tarkibiga kiradi. Hozirda mavjud bölinmalar, hatto ularning ştati köpaytirilgan taqdirda ham yuz minglab yangi askarlarni özlaştira olmaydi.
Bundan taşqari, çaqiruv yoşi ham «bosqiçma-bosqiç» özgartiriladi. Çaqiruv yoşi 18 dan 21 yoşga oşiriladi, biroq çaqiruv yoşi çegarasi 27
yoş örniga 30 yoş etib belgilanadi. Bu ğoya qanday amalga oşirilişi hozirça noma’lum.
Hozirgaça safarbar qilingan 300 ming kişi Şoygu aytgan 490 ming kişidan kam. Demak, safarbarlikning yangi tölqini yuz beradimi?
Şoyguning bayonoti buni bevosita anglatmaydi. Çunki gap armiyaning haqiqiy soni haqida emas, balki maksimal miqdori haqida ketmoqda. Armiyaning maksimal miqdori esa taşkiliy va hisob-kitob ölçovi bölib, u hukumat armiya xizmatçilarining xarajatlarini (harbiy maoşlar, imtiyozlar, nafaqalar, oziq-ovqat, kiyim-keçak, texnika va boşqalar) moliyalaştiriş uçun qança mablağ ajratiş kerakligini bilişi uçun lozim. Boşqaça aytganda, yaqin kelajakda Rossiya armiyasida haqiqatan ham bir yarim million kişi xizmat qilişi fakt emas.


















