Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktori birinçi örinbosari Otabek Hasanov Xalqaro press-klub sessiyasida davlat taşkilotlarida amalga oşirilişi kutilayotgan xodimlarning qisqartirilişi böyiça töxtalib ötdi.
«Ma’muriy islohotning asosiy ğoyasi, xalqqa samarali natija beriş. Bundan keyin, kim foyda keltirsa, u işini davom ettirib ketaveradi, foyda keltirmayotgan iş örinlari esa qisqarib ketaveradi. Maqsad şu.
Bizga savol bilan murojaat qilişyapti, men boşqarma boşliği lavozimida işlab kelyapman, boşqa joyga yana tanlovdan ötib işga joylaşamanmi deb. Yöq. Agar yangi joydagi teng lavozimga davlat xizmatçisi tavsiya qilinayotgan bölsa, bu rotatsiya şaklida böladi va u tanlovdan ötmaydi. Şuning uçun, biz vacancy.argos.uz portalida vaqtinçalik tanlovlarni e’lon qilişni 15-20 yanvarga qadar töxtatdik. Tegişli taşkilotlar bilan ştatlarni qayta körib çiqqanimizdan söng, qayerda oçiq joy qolgan bölsa, keyin tanlovlarni e’lon qilamiz. Odamlarni ikki marta ovora qilmasligimiz kerak. Lavozimi teng joyga va lavozimidan pastga işga ötayotganlar uçun tanlov bölmaydi.
Adliya vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi 1 oy muddatda qaysi vazirlikda, qaysi lavozimlar majburiy bölişini belgilab beradi. Qolganlari böyiça vazirlikning öziga vakolat berilmoqda.
Oldin yangi vazir kelsa, köpçilikni işdan böşatvorib, özining jamoasini tuzardi. Endi unday bölmaydi. Qonunda davlat xizmatçisiga kafolatlar berib qöyilgan.
Hozirda içki tanlov va taşqi tanlov e’lon qilyapmiz. Tanlovdan kim ötsa, öşa işga kiradi. Bu jarayonlarning adolatli bölişiga esa, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi va boşqa taşkilotlar javob beradi. Yangi strukturaning böş qolgan joylariga işga qabul qiliş oçiq tanlov asosida böladi.
Bugungi kunda 61ta taşkilot va 208 ta hokimiyat tizimida 118 ming kişi mehnat faoliyatini amalga oşiradi, ularning örtaça 55-60 foizi respublika darajasidagi taşkilotlarda işlaydi. Lekin 35 foizgaça qisqariş degani bu 118 ming kişidan 30 mingtani ayirib qöyiş emas, qaysidir vazirlikda 10 foiz, qayerdadir 30 foiz qisqariş böladi. Masalan, Moliya vazirligida 30 foizlik qisqartirişni amalga oşirsak, bu qaysidir islohotlarni amalga oşirişga xalaqit berib qolişi mumkin. Lekin boşqa bir vazirlikda 40 foizgaça qisqartiriş imkoniyati mavjud bölişi mumkin. 118 ming kişi son jihatdan aniq qisqaradi, ammo qaysi vazirlikdan qança odam qisqartirilişi hozirça ma’lum emas, buni tahlillar asosida, keyinroq e’lon qilamiz», dedi Otabek Hasanov.

















