Rossiya prezidenti Yevropa davlatlari tomonidan Rossiya nefti narxiga yuqori çegara belgilanişi munosabati bilan maxsus iqtisodiy çora-tadbirlar töğrisidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga köra, agar şartnoma narxning yuqori çegarasiga böysunadigan bölsa, neft yetkazib beriş taqiqlanadi.
Farmon 2023 yil 1 fevraldan 1 iyulgaça amal qiladi. Kelajakda prezident muddatni uzaytirişi mumkin.
Oktyabr oyi boşida Yevropa Ittifoqi sakkizinçi sanksiyalar paketini ma’qulladi, bu esa neft narxiga nisbatan yuqori çegarani joriy etişni nazarda tutadi. 5 dekabr kuni G7 mamlakatlari (AQŞ, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Kanada, Italiya va Yaponiya), şuningdek, Avstraliya va Yevropa Ittifoqi Rossiya neft narxiga çeklovni joriy qildi. Unga köra, agar neft narxi 1 barrel uçun 60 dollardan oşsa, Rossiya kompaniyalariga xizmat körsatiş taqiqlanadi. Sanksiyalar moliyaviy, logistika, suğurta va boşqa turdagi xizmatlarga nisbatan qöllaniladi.
Neft narxiga yuqori çegarani örnatiş Rossiya budjeti daromadlarini pasaytiriş, natijada harbiy salohiyatiga putur yetkazişni maqsad qilgan.

















