Prezidentning tegişli farmoni bilan yangi yil uçun qöşimça dam oliş kunlari belgilangaç, aynan şu kunlarda poytaxtda jamoat transportlari faoliyati qay tartibda taşkil etilişi ma’lum qilindi.
“Toşşahartransxizmat”ning xabar qilişiça, Toşkent şahrida harakatlanuvçi avtobuslar quyidagi tartibda işlaydi:
- 2 yanvar, duşanba – yakşanba kunlari uçun tasdiqlangan jadval asosida (dam oliş kuni bölgani uçun);
- 3 yanvar, seşanba – şanba kunlari uçun tasdiqlangan jadvallar asosida(7 yanvar şanba kunidan köçirilgan qöşimça dam oliş kuni bölgani uçun);
- 7 yanvar, şanba – iş kunlari uçun tasdiqlangan jadvallar asosida (3 yanvar seşanba kuniga köçirilgan iş kuni bölgani uçun).
Qayd etilişiça, 31 dekabr kuni Toşkent şahrining markaziy köçalari orqali qatnovçi quyidagi barça avtobuslarning harakati soat 24:00 gaça uzluksiz taşkil etiladi:
- "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 12, 37, 93, 28-sonli avtobuslar;
- "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 14, 24, 63, 72-sonli avtobuslar;
- "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 8, 38, 57, 58-sonli avtobuslar;
- "5-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 97-sonli avtobus;
- "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 2, 69, 94, 98-sonli avtobuslar;
- "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 5, 29, 42, 82, 91-sonli avtobuslar;
- "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 40, 48, 131-sonli avtobuslar;
- "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 87 va125-sonli avtobuslar.
“Toşkent metropoliteni” matbuot xizmatiga köra, xuddi şu kuni metropolitenning ham faoliyati 1 soatga uzaytiriladi, barça metro bekatlari 31 dekabr soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gaça yölovçilarga xizmat körsatadi.
2023 yil 1-2-3 yanvar kunlari metro poyezdlari yakşanba kuni uçun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gaça harakatlanadi.

















