Kun.uz manbasiga köra, 2021 yilning noyabr oyida soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlangan Behzod Musayev öz lavozimidan ozod etilgan. Hilola Umarova esa maktabgaça va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. U 2020 yildan beri Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi direktori bölib işlagan.
Şuningdek, rasman tasdiqlamagan ma’lumotlarga köra:
- Behzod Anvaroviç Musayev kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri lavozimiga ötib, şu kunga qadar soğliqni saqlaş vazirining 1-örinbosari lavozimida işlab kelgan Amrillo Şodiyeviç Inoyatov soğliqni saqlaş vaziri bölişi;
- Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Kudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri bölişi;
- Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov esa tabiat resurslari vaziri bölişi kutilmoqda.
Bundan avval Xolbötayev Nodirjon (Nodir Jonuzoq) Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan ozod etilgani hamda prezidentning tegişli farmoni bilan Vladimir Norov Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri lavozimidan ozod etilib, uning örniga şu paytgaça xalq ta’limi vaziri bölib işlagan Baxtiyor Saidov taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani haqida ma’lum qilingan edi.
















