Kun.uz özbekistonliklarni çet elga yuboriş bilan boğliq muammolar haqida körsatuv qilgandi. Unda Yaponiya iş bozori ba’zi sabablarga köra Özbekiston uçun yopilişi mumkinligi, bunda Janubiy Koreyaga işçi yuboriş bilan boğliq avvalroq yaratilgan korrupsion sxema Yaponiya yönalişida ham tatbiq qilinayotgani alomatlari haqida söz yuritilgandi. Xususan prezidentga ikki yil avval prezentatsiya qilingan “Nippon Educational Academy Japan” kompaniyasining Özbekistondagi bölimi faoliyatiga qanday tösqinlik qilinayotgani, bu bilan oxirgi yillarda qilingan katta kölamdagi işlar samarasi yöqqa çiqişi mumkinligi aytilgandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi körsatuvga munosabat bildirib, vazirlik özi amalga oşirayotgan işlarni, körsatuvdagi ma’lumotlarga qöşilmasligini ma’lum qildi va “Nippon Academy”ning kamçiliklarini keltirdi.
Bu orada Kun.uz Bandlik va mehnat munosabatlari vaziridan intervyu oldi (intervyu tez kunlarda omma e’tiboriga havola etiladi) va unda vazir tizim yaxşi işlayotgani, tilga olingan markaz faoliyatiga tösqinlik qilinmayotganini, körsatuvda keltirilgan holat mavjud emasligini aytdi. Ammo...
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Farğona viloyati Toşloq tumani bandlikka kömaklaşiş bölimi xodimi “Nippon Academy” ta’lim markazi imtihonidan yiqilgan talabaga qönğiroq qilib, “ta’lim markazi meni yaxşi öqitmadi, şu uçun imtihondan yiqildim” degan ma’noda videomurojaat olib, jönatişini söragan. Rad javobini olgandan keyin, bu safar “yaxşi öqitişgan, faqat özim ololmaganman (imtihondan ötişga bilimim yetmagan ma’nosida – tahr.)” degan videomurojaat qilib, jönatişini söragan va buni “tepadan söraşyapti-da” deb izohlagan.
Toşloq tumanidagi yana bir holat: mazkur yapon tili markazi imtihonidan yiqilgan kişiga bandlikka kömaklaşiş bölimidan qönğiroq qilinib, xuddi şunday – “markaz yaxşi öqitmadi, şu uçun yiqildim” deb video yozib jönatiş söralgan va rad javob olingan. Bu kişi bilan ham boğlandik, u yapon tili öqituvçisi yaxşi öqitganini, uslubi ham yaxşi ekanini, faqat yoşi kattaroq bölgani sabab, yoşlarga yetolmayotganini, biroz ball yetmaganini, ammo negadir undan bunday video qilib jönatişi söralganini aytdi.
Bundan taşqari uşbu ta’lim taşkiloti öqituvçilariga qönğiroqlar qilinib, vazirlik bölinmalari xodimlari ulardan odatda söraşmaydigan, qolaversa ularning vakolatiga kirmagan hujjatlarni söraşgan.
















