«Dok-1 Maks» voqeasi ortidan Soğliqni saqlaş vazirligi yetti nafar mas’ul xodimni işdan olganini xabar qildi. Keyinçalik ma’lum böldiki, öşa yetti mas’ulning ikki nafari aynan “ölim dorisi” foş etilişiga sabab bölgan Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazining rahbari va yetakçi şifokorlaridan biri bölib çiqdi.
Vazirlik uşbu holatni "Dok-1 Maks” töğrisidagi xat juda keç berilgani bilan izohladi.
Kun.uz jurnalisti Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida bölib, boş vraç örinbosari Dilşod Rahmonovdan şu kabi savollarga izoh oldi.

Rahmonovga köra, bir yil davomida buyrak yetişmovçiligi bilan ellikdan ortiq bola mazkur şifoxonada davolanib çiqqan. Odatda vafot etgan bemorlarning qanday dorilarni qabul qilgani tahlil qilib boriladi. "Dok-1 Maks” siropini qabul qilgan ilk bola ölimi sentabr oyida kuzatilgan. Oktyabr oyida tört, noyabr oyida töqqiz nafar bola şifoxonada nobud bölgan. Uşbu holatlar muassasa xodimlarini şubhalantirgan va tahlillar natijasi bilan dekabr oyiga kelib viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasiga xat çiqarilgan. Yirik dori işlab çiqariş kompaniyasi haqidagi har qanday şubha-gumonlar yoki salbiy xulosa beriş jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligi inobatga olingani sababli ikki oygi tahlillar xat qilib çiqarilgan. Nobud bölgan bolalar içida boşqa viloyatlarda istiqomat qilganlari ham köpçilik.

“Odatda buyrak yetişmovçiligi sabab bir sutka davomida peşob çiqarmagan bolaning hayotini saqlab qoliş tibbiyotda muammo hisoblanadi. Bizning markazimizga kelgan bolajonlar kamida ikki kundan bir neça kungaça peşob çiqarmagan. Bizga kelguniça ham boşqa şifoxonada davolanganlar bor. Biz bor imkoniyatlarimizni işga solganmiz.
Xususan, nobud bölgan bolalarning tibbiy ekspertiza qilinmagani sababiga kelsak, ularning ota-onalari jiddiy qarşilik körsatişgan. Bunday amaliyotga rozilik berişmagan. Biz har bir bolaning ölimi böyiça tegişli idoralarga vaqtida xabar berganmiz”, - deydi Dilşod Rahmonov.
















