Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov 30 dekabr, juma kuni e’lon qilgan videomurojaatida Rossiya 2023 yil yanvar oyi boşida harbiy holat joriy etişga va erkaklar uçun çegaralarni yopişga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

"Yangi yil arafasida men harbiy xizmatga majbur bölgan Rossiya fuqarolariga murojaat qilaman. Bu, birinçi navbatda, Rossiyaning yirik şaharlari aholisiga tegişli. Aniq bilamanki, sizda bir haftaga yaqin vaqt bor, hali vaqt bor. Yanvar oyi boşida Rossiya hukumati erkaklar uçun çegaralarni yopadi, keyin harbiy holat e’lon qiladi va safarbarlikning navbatdagi tölqinini boşlaydi. Belarusda ham çegaralar yopiladi", dedi Reznikov.

"Kurantlar urilganida siz eşik taqillaganini eşitmasligingiz mumkin. Uni harbiy komissar taqillatadi. Ayniqsa, şaharlarda, çunki çekka hududlarda ular allaqaçon köpçilikni olib ketişgan. Sizning rahbarlaringiz yangi yil murojaatlarida buni aytişlari dargumon", dedi ukrainalik vazir va Rossiya rasmiylari aholini bir neça bor aldaganini ta’kidladi.

U rossiyaliklarni uning söziga işonmaslikka undamay, ularga savol bilan murojaat qildi: "Uruşga borganingizda, halok bölişingiz yoki umr böyi nogiron bölib qolişingiz mumkin, aynan nima uçun kuraşasiz?"

Dekabr oyi boşida harbiy şarhlovçi Yan Matveyev DW telekanalining "Ayni nuqtaga" tok-şousida uçta sababga köra "ikkinçi safarbarlik tölqini amalga oşadi" deb ta’kidladi: birinçidan, rasmiylar safarbarlikni davom ettirişdan voz keçganining aniq belgilari yöq, ikkinçidan, frontda halok bölgan va yarador bölgan rus askarlarini almaştiriş zarur, uçinçidan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uruşni töxtatiş niyatida emas, bu esa ham resurslar, ham odamlarning doimiy oqimini talab qiladi.

Biroq, siyosatşunos Yekaterina Şulman nuqtayi nazariga köra, "tizim ikkinçi safarbarlik tölqinidan qoçadi": uni faqat "ölimga olib keladigan zarurat" yoki rasmiylar aytganidek, "ekzistensial tahdid" şaroitida e’lon qiliş mumkin.