Amudaryo va Sirdaryodagi suvning tobora kamayib ketayotgani, yoğinlar kamroq yoğa boşlagani, qişloq xöjaligi, sanoat va aholi iste’mol qilayotgan suv miqdorining oşişi, turli maqsadlarda yerosti suvlaridan intensiv foydalana boşlaganimiz oqibatlari aholi uçun ayançli oqibatlar olib kelişi tobora oydinlaşmoqda.

Sönggi yillarda nafaqat şaharlarni yaşillaştiriş va iste’mol qiliş uçun quduqlar qazilyapti, balki köplab qişloq yerlarda, çöllaşgan yerlar va adirlarda ham ekinlar yerosti suvlari bilan suğorilyapti. Daryolar sathi pasayişi, ulardan oqib kelayotgan suv miqdorining keskin kamayişi, qöşni mamlakatlar turli töğonlar qurib, suv yöllarini tösişi Özbekiston uçun murakkab vaziyatni yuzaga keltiryapti. Allaqaçon köplab hududlar – aholi yaşaş punktlari, qişloqlar, dalalar suvsiz qolganligi ma’lum. Viloyatlarning çekka hududlarida içimlik suvi katta muammo ekanini, odamlar neça yillarki oddiy kundalik ehtiyoj uçun suvni kilometrlar uzoqlardan taşib keltirişi bugungi kunda oddiy holga aylangan.

Şu bilan birga katta şaharlarimizda suvni isrof qiliş eng dahşatli darajada. Şaharlarda aholi köpaygani sayin iste’mol ham oşib boryapti, lekin ratsional iste’mol tuşunçasi özbekistonliklar uçun begona. Uzoq bir çekka qişloqda kimdir bir tomçi suvga zor, markaz şaharlarda esa odamlar tonnalab suvni... hojatxonaga oqizadilar. Sanoqsiz avtoyuviş şoxobçalari, sanoatning turli sohalarida işlatilayotgan millionlab kub suv, issiq oylarda köçalardagi yaşil hududlarni nazoratsiz holda suğorişlar...

Nima qilmoq kerak? Yana 10 yildan söng iqlim migrantlari köpayib ketmasligi, global köçişlar avj olmasligi, suv uçun uruşlar boşlanmasligi uçun nimalar qilmoq kerak?

#BORICHA podkastining navbatdagi sonida yuqoridagi muammo yuzasidan Davlat geologiya qömitasi Gidrogeologiya va geoekologiya boşqarmasi boşliği Rasuljon Begmatov va Özgidrometeorologiya yetakçi mutaxassisi Erkin Abdulahatov bilan suhbatlaşdik.