Energetika vazirligi vazirlik rahbariyati iştirokida ötgan yiğilişda anomal sovuq oldidan energotizimda amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar belgilab olinganini ma’lum qildi.

Rasmiy xabarga köra, birinçi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlariga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda kömir mahsulotini barqaror yetkazib beriş çoralari köriladi.

Şuningdek, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyatiga kiritilayotgan çeklovlar davom ettiriladi.

Yirik işlab çiqariş korxonalariga tabiiy gaz yetkazib beriş hajmi keskin kamaytiriladi.

Energotizimdagi yirik iste’molçilarning kunlik elektr energiyasi iste’moli kamaytiriladi va tejalgan 11-12 mln kVt-soat elektr energiyasi aholi iste’moliga yönaltiriladi;

Energotizimda sodir bölişi mumkin bölgan yirik avariyalarning oldini oliş, barça iste’molçilarni bir maromda elektr energiyasi bilan ta’minlaş maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda tasdiqlangan grafiklarga asosan qisqa muddatli çeklovlar kiritiladi.

Elektr energiyasini işlab çiqaruvçi issiqlik elektr stansiyalari va markazlarning barqaror işlaşini ta’minlaş maqsadida kuniga örtaça 49 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi.

Vazirlik xabariga köra, bugungi kunda mazkur stansiyalar uçun 90 ming tonna mazut va 280 ming tonna kömir yoqilğisi zaxirasi yaratilgan.

"Iste’molçilarga kunlik kömir yetkazib beriş hajmi 5000 tonnadan 8000 tonnaga oşiriladi. Yiğilişda sovuq kunlarda elektr energiyasiga bölgan talab ortişi natijasida elektr tarmoqlari va transformator punktlarida ham yuklamalar keskin oşişi ta’kidlandi.

Bunda, dispetçerlar mahalliy hokimliklar va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan tasdiqlangan çeklov grafiklariga qat’iy amal qilişlari, ya’ni belgilangan muddatdan ortiq çeklovlar kiritmaydi", deyiladi bayonotda. 

Ikki soatdan oşmagan vaqt oraliğida hududlar kesimida joriy etilayotgan çeklov grafiklari barça viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilib borilişi ta’minlanadi.

Şuningdek, anomal sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarni bartaraf etiş uçun elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tun-u kun işlaydigan 1000 dan ortiq maxsus brigada taşkil etildi. Uşbu brigadalar muammolar tezkorlik bilan bartaraf etilişini ta’minlaydi.