Tasvirda hayvonot boği xodimi xavfsizlik talablariga rioya qilmaganini köriş mumkin.
Holat 3 yanvar kuni soat 16:00larda sodir bölgan. Hayvonot boği işçisi A.G. ovqat beriş maqsadida ayiq qafasiga kirgan vaqtida, ayiq unga taşlanib, böyin qismidan tişlab olgan. Buning oqibatida işçi oğir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.



Boğ ma’muriyatining qayd etişiça, xodim 2021 yildan buyon ayiqlarni parvariş qilib kelgan. U ehtiyotsizlik oqibatida ayiq qurboniga aylangan.

Mazkur holat yuzasidan boğ egasi hisoblangan “Usmonobod Fayzi” MÇJga Xöjaobod tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijondagi hayvonot boğida bunday holat avval ham kuzatilgan. 2018 yil 30 dekabr kuni qorovul qafasda saqlanayotgan «Simba» laqabli şerga yemiş berayotgan çoğida hayvon uning oyoğidan tişlab, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.A. vafot etgan.
Abduvali Qurbonov, jurnalist
Montaj ustasi: Jahongir Turğunov
















