«Uzaytirilgan qişki ta’til kunlari maktablarda öquvçilar iştirokida tögaraklar taşkil etilmaydi», deb ma’lum qildi Buxoro viloyati xalq ta’limi boşqarmasi maqolaga munosabat bildirar ekan.
Viloyat xalq ta’limi boşqarmasi (hozirgi Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi) munosabatiga köra, ötgan yilning 28 dekabridan şu yil 10 yanvargaça qişki ta’tilda maktablarda tögaraklarning faoliyati yuqoridagi tartibda yölga qöyilgan bölib, bunda heç qanday majburiylikka yöl qöyilmagan.
«Aytiş joizki, umumta’lim maktablari öquvçilarining ta’til davridagi böş vaqtlarini samarali taşkil etiş maqsadida respublikamizdagi barça maktablarda fan va sport tögaraklari muntazam faoliyat yuritadi.
Odatda, maktablarda tögaraklar faoliyatini ixtiyoriy tartibda yölga qöyiş belgilangan bölib, öquvçilarga ta’til mobaynida öz qiziqişlari asosida şuğullanişlari uçun imkoniyat yaratiladi», deyiladi rasmiy izohda.
Boşqarma 17 yanvargaça uzaytirilgan qişki ta’tilda maktablarda öquvçilar iştirokida tögaraklar taşkil etilmasligini ma’lum qildi.
Xabarda öqituvçilardan hisobot uçun suratlar söralgani, buni bajarmaganlarga nisbatan keskin çoralar körilişi qanday baholanişi haqida söz bormagan.
















