6 yanvar kuni Buxoro viloyati Ğijduvon tumanidagi 3-maktabda tögaraklar ötkazilayotgani, agar bu tögaraklardan hisobot uçun suratlar olib taşlanmasa, keskin çoralar körilişi mumkinligi haqidagi skrinşot tarqaldi.
Holatdan norozi bir fuqaro tumandagi hamma maktablarga şunday buyruq berilayotganini aytgan.
«Ta’til nimaga uzaytirildi özi? Hamma joyda bir xil topşiriq berişyapti. Şu sovuqda tögarak ötiş kerak ekan. Undan köra, vazirlik ta’tilni uzaytirmagani yaxşi emasmidi? Nimaga bunday maynabozçilik qilişyapti? XTBlar har kuni maktablardagi tögaraklarni tekşiryapti. Vazirlikka ayting, çek qöyişsin bunday közböyamaçilikka. Hamma yerda şu holat», – deydi u.
Kun.uz holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi (hozirgi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi) matbuot kotibi Laylo Rustamova bilan boğlandi. Uning aytişiça, bunday maşğulotlarni ötkaziş böyiça vazirlik heç qanday topşiriq bermagan.
«Vazirlik tasarrufidagi respublika taşkilotlari – Bolalar kutubxonasi, «Barkamol avlod» bolalar maktabi tomonidan barça loyihalar onlayn tarzda taşkil etilmoqda. Hukumatning tegişli yiğiliş bayonida belgilangan vazifalardan kelib çiqqan holda, qişki ta’til davomida öquvçi-yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida kitob mutolaasini oşirişga qaratilgan onlayn intellektual viktorinalar, radio eşittirişlar hamda telekörsatuvlar namoyiş etilişi közda tutilgan», – deyiladi vazirlik matbuot xizmati bergan izohda.
Şuningdek, uzaytirilgan qişki ta’til kunlarida maktablarda öquvçilar iştirokida tögaraklar taşkil etilmasligi, bu jarayon hududiy bölinmalar hamda vazirlik tarkibidagi barça ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan şaxsiy nazoratga olinişi söraldi.
Ğijduvon XTB (hozirgi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining hududiy bölimi) mudiri Muxtor Fayziyevga köra, suratlar taşlanmasa, çora körilişi bölim xodimi tomonidan aytilgan.
«Ba’zi maktab ma’naviyatçilari rasm taşlab berişni ham qilmayotgandi. Bu majburiy emas edi, örinbosarim öqituvçi işlayotgani, öquvçi kelayotgani aks etgan oddiygina rasmni taşlab bermagan ma’naviyatçi pedagoglarga yozgan.
Endi bu tizimda nazorat degan narsa ham bor-ku. Bolani tadbir davomida nazorat qilmasak, şu vaqtda jarohat olib qolsaçi? Şunçaki ma’lumotga ega böliş maqsadida aytilgandi, boşqa maqsadimiz yöq edi. Xodimimiz yangi, işga kelganiga 1 oy bölyapti. Uni çaqirdik, tuşuntiriş xatini oldik. Lekin özi juda bilimli, yaxşi kadr. Hamma ham xato qiladi, şu xatosi uçun işdan haydab yuborsak, qanday böladi endi» – dedi u.
















