Kun.uz'da Özbekiston havo yöllariga tegişli Airbus A320 samolyoti Rossiyaning Qozon şahriga qöniş oldidan dvigatellaridan biri işlamay qolgani, nosozlikka qaramay uçoq muvaffaqiyatli qönişni amalga oşirgani haqida xabar berilgandi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining holat yuzasidan Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, samolyot çindan nosoz dvigatel bilan qönişni amalga oşirgan. Qozonga uçgan samolyot bortida 173 nafar yölovçi: 158 nafari katta yoşdagi, 13 nafar ösmir hamda 2 nafar çaqaloq bölgan.
«2023 yilning 7 yanvar kuni HY9649/9650 Toşkent – Qozon – Toşkent yönalişida parvoz qilayotgan Airbus A320 havo kemasining bitta dvigateli işdan çiqqan. Havo kemasi muvaffaqiyatli tarzda nosoz dvigatel bilan Qozon aeroportiga qöngan. Bort sahnida 173 yölovçi (158 nafar katta, 13 ösmir va 2 çaqaloq) bölgan va qöniş jarayonida ularning heç biri zarar körmagan.
Yuzaga kelgan muammoni bartaraf etiş uçun Boeing767 havo kemasida HY8649/8650 qöşimça reys taşkil etilgan. Hozirda havo kemasining dvigatelining işdan çiqiş sabablari örganilmoqda. Qozon-Toşkent qaytiş reysida esa166 nafar yölovçi manzilga yetkazilgan.
Uzbekistan Airways AJ axborot xizmati yölovçilar xavfsizligi birinçi örinda ekanini eslatib ötadi. Yölovçilar va kutib oluvçilarga yetkazilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz», deyiladi aviakompaniya axborotida.
Kun.uz «AVIAINCIDENT» Telegram-kanaliga asoslanib, 7 yanvar kuni Qozonga UZB9649 reysni amalga oşirayotgan UK32012 raqamli uçoq mahalliy vaqt bilan 19:40 da dvigatellardan biri işlamay qolgani haqida xabar berib, 2700 fut balandlikda uçişga ruxsat söragani, keyinçalik nosozlikka qaramay, muvaffaqiyatli qöngani haqida yozgandi.

















