Ukrainada uruşning 319-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya hukumati tomonidan Rojdestvo munosabati bilan e’lon qilingan öt oçişni töxtatiş rejimi rasman yakunlandi. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi RF qöşinlari bu rejimni sönggi bir kunning özida 50 martadan ortiq buzişganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar rejimga rioya etişgani, ammo ukrainlarning artilleriya zarbalariga javob qaytarilganini ma’lum qildi.
  • RF mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuçlarining yangi yil keçasi Makiyivkaga zarbasiga javoban «qasos operatsiyasi» ötkazilganini ma’lum qildi. Idora Kramatorskdagi ikki yotoqxonaga berilgan zarbalar oqibatida 600 nafardan ortiq ukrainalik harbiy xizmatçilar halok bölganini da’vo qildi. Ukraina tomoni bu bayonot haqiqatga töğri kelmasligini aytmoqda.
  • Ukraina hukumati ham Kramatorsk öqqa tutilgani haqida xabar bergan, ammo harbiylar ölimi haqidagi ma’lumotga izoh bermagan. Tinç aholi orasida ham qurbonlar yöq.
  • Rossiya va Ukraina 50 ga 50 formulasida navbatdagi harbiy asirlar almaşinuvini amalga oşirdi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligining hisoblaşiça, Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuçlarining ikki yönalişda hujum boşlaşi kutilmoqda — Luhansk oblasti şimoli va Zaporijjya oblastida.
  • Kursk oblasti gubernatori Roman Starovoyt «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi lagerida harbiy tayyorgarlik kursini ötaganini ma’lum qildi. U harbiy formada qölida avtomat tutgan holda tankda ketayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan.

Jangdagi ukrainalik vertolyotçilar

Quyida Ukrainadagi uruşda harbiy vertolyotlarning iş vaqtida olingan ilk kadrlar — ular kabina içkarisidan turib olingan. Ukraina qurolli kuçlari vertolyotçilari raqibning zenit-raketa qurollari tiğiz joylaşgan front çiziğiga kirmaslik uçun yuqoriga kötarilib harakatlanadigan raketalardan foydalanişga majbur bölmoqda. Ammo bu hamişa ham qutqara olmaydi: frontdagi foto va videolar bosqin boşlanganidan buyon ukrainlarning kamida 18 ta vertolyoti urib tuşirilganini tasdiqlaydi.

Xerson oblastidagi front çiziği yaqinidagi ukrainlar aviabazasida öz vertolyoti tomon ketayotgan uçuvçi
Libkos / AP / Scanpix / LETA