Amerika Qöşma Ştatlari Ukrainaga tayyorlanayotgan yangi yordam paketiga Stryker bronetransportyorlari (piyoda askarlarni olib yuriş va razvedka uçun belgilangan zirhli avtomaşina)ni kiritiş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Politico internet naşrining AQŞ Mudofaa vazirligidagi muhokama mavzusidan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi, bu esa Kiyevga Rossiya qöşinlarining kutilayotgan bahorgi hujumiga qarşi turişga yordam berişi kerak. 

Pentagon matbuot xizmati uşbu ma’lumotni rasman izohlaşdan boş tortdi.

Bundan oldin Qöşma Ştatlar Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketining bir qismi sifatida Kiyevga nafaqat Bradley zirhli maşinalari va Patriot zenit tizimlari, balki Oq uy e’lon qilgan RIM-7 Sea Sparrow ("Dengiz çumçuqlari" ) boşqariladigan raketalari bilan ham ta’minlaşi xabar qilingandi.

Sea Sparrow - bu Raytheon korporatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan yarimfaol radiolokatsion jihozga ega bölgan "kema-havo" sinfidagi boşqariladigan raketa. U havodagi nişonlarni tutib oliş uçun möljallangan.

"Dengiz çumçuqlari" 1976 yilda Qöşma Ştatlar armiyasi tomonidan qabul qilingan, ammo deyarli yarim asr ötgaç, uşbu raketalarning takomillaştirilgan versiyalari AQŞ dengiz floti va dengiz piyodalari korpusi, şuningdek, boşqa mamlakatlar flotlari tomonidan qöllanadi.