Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida investitsiyalar vaziri birinçi örinbosari Laziz Qudratov va Germaniya elçisi Tilo Klinner iştirokida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Hujjatlar qatoridan quyidagilar örin oldi:

Özbekiston hukumati va Germaniya hukumati örtasida moliyaviy hamkorlik töğrisidagi bitim;

Özbekiston hukumati va Germaniya hukumati örtasida texnikaviy hamkorlik töğrisidagi bitim;

Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda GFR Iqtisodiy işlar va iqlim böyiça federal vazirligi örtasida özbekistonlik işbilarmon doira vakillari (rahbarlar) malakasini oşiriş böyiça hamkorlik töğrisidagi qöşma bayonnoma.

Imzolaş marosimida qayd etilganidek, kelişuvlar amalga oşirilişi GFR moliyaviy kömagida ikki davlat örtasida soğliqni saqlaş, kasb-hunar ta’limi, moliya sektori va şahar xöjaligini rivojlantiriş borasida yölga qöyilgan samarali hamkorlikni kengaytirişga imkon yaratadi.