Soledar mudofaasidagi qo‘mondon va Xerson atrofidagi artilleriyachilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 320-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qurolli kuchlari 5 yanvardan buyon Soledarni «kuchli darajada shturm» qilmoqda — bu rossiyaliklar uchun muhim operativ maqsad hisoblangan Baxmut yaqinida joylashgan shahardir.
- Ukraina rasmiylari Ochakov bo‘ylab berilgan zarbalar oqibatida 100 dan ortiq uy shikastlangani, 15 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
- Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi a’zosi Yeva Merkachevaning xabar qilishicha, Ukrainadagi urush uchun yollangan mahbuslar Vladimir Putinning maxfiy farmoni bilan afv etilgan — va bu ular koloniyani tark etib, harbiy harakatlar hududiga yo‘l olishidan oldin ro‘y bergan.
- «DXR» vakillari Baxmutdan 11 kilometr masofadagi Baxmutskoye aholi yashash manzili «ozod etilgani» haqida xabar berdi. Ukraina tomoni hozircha bu bayonotga munosabat bildirmadi.
- Samara oblasti rahbariyati Makiyivkadagi baza o‘qqa tutilishi oqibatida yaralanganlarning ro‘yxatini e’lon qilmaslikka qaror qildi.
Kunning asosiy voqeasi. Soledar uchun jang
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Ukraina armiyasining Soledar shahri atrofidagi mudofaa chizig‘ini yorib o‘tgan — Donetsk oblastidagi bu shahar Baxmutdan o‘n kilometr masofada joylashgan. «Barchasi butkul vayron bo‘lgan, shaharda hayot alomatlari qolmagan. Va minglab odamlar g‘oyib bo‘lgan: Soledar atrofidagi yerlar bosqinchilarning jasadlari va zarbalardan hosil bo‘lgan chandiqlar bilan to‘lgan», — deya vaziyatga izoh bergan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Vagnerchilarning hujumlari davom etmoqda: Soledar markazida shiddatli janglar ketmoqda. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW) har kungi hisobotida ma’lum qilishicha, vaziyat ukrain kuchlari uchun «juda murakkablashgan», janglar davomida shahar Rossiya harbiylari nazoratiga o‘tishi kutilmoqda. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi razvedkaga asoslanib qayd etishicha, ukrain kuchlari «chuqur mudofaa chiziqlari barqarorligi»ni saqlab qolishmoqda.
Xerson shahri va Shevchenkovo qishlog‘i bo‘ylab zarbalar oqibatlari
Xerson atrofidagi ukrain artilleriyachilari
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024