Adliya vazirligi ayrim ommaviy axborot vositalarini Özbekistondagi ma’muriy özgarişlar, xususan vazirliklarning qöşib yuborilişi va ayrim davlat taşkilotlarining tugatilişini faqat salbiy tomondan körsatayotganlikda ayblab çiqdi.

“Albatta, fikrlar xilma-xil bölgani yaxşi, lekin ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlar masalani mutaxassis bölmagan yoki zarur bilim va tajribasi bölmasa-da, özlarini ekspert deb e’lon qilayotgan şaxslar bilan intervyular taşkil qilib, öz kuzatuvçilariga islohotlarni bir tomonlama faqat salbiy tomondan körsatiş va baholaş bilan şuğullanmoqdalar. Xususan, şu kunlarda Kun.uz va Qalampir.uz turkum intervyularni e’lon qilişdi”, – deyiladi adliya bayonotida.

Ötgan haftalarda Kun.uz ma’muriy islohot mavzusida iqtisodçi Abdulla Abduqodirov, huquq faoli Abdurahmon Taşanov va ta’lim eksperti Bahodir Ğaniyev bilan, Qalampir.uz siyosatşunos Hamid Sodiq bilan intervyular e’lon qilgan edi. Bu suhbatlarda mutaxassislar röy berayotgan ma’muriy özgarişlarning nafaqat ijobiy jihatlari, balki kamçiliklari haqida ham öz fikrlarini bildirgandi.

Adliya vazirligi OAVning suhbatdoşlarini “özlarini ekspert deb e’lon qilayotgan şaxslar” deb atarkan, ularni mas’uliyatsizlikda ayblagan.

“Avvalo, şuni ta’kidlaş lozimki, bunday masalada u yoki bu fikr, bahoni berişda zarur bilim, malaka va tajribaga ega böliş, çuqur tahlilga asoslaniş maqsadga muvofiq. Çunki ma’muriy islohotdek öta professional masalani yengil-yelpi yondaşuvlar, özining hissiyot va qaraşlari orqali bayon etiş, ayniqsa OAV orqali tarqatiş mas’uliyatsizlikdan boşqa narsa emas”, – deyiladi davlat organining rasmiy munosabatida.