10 yanvar soat 21:30 holatiga (xabar yangilandi), Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov majlis ötkazyapti. Bu haqda majlisda qatnaşayotgan bir neça şaxslar Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Abdurahmonovning matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişga viloyatdagi mutasaddi rahbarlarning hammasi jalb etilgan bölib, hududlardagi şahar va tumanlar mutasaddilari videouzatuv orqali iştirok etmoqda.

“Şuhrat Abdurahmonov ertangi kundan Andijondagi ta’lim muassasalarida öqiş jarayonlarini boşlaş xususida töxtaldi. Bu borada har bir şahar va tuman hokimlari hamda XTB mudirlari bilan birma-bir muloqot ötkazib, maktablarning öqişga şay holda ekanini şaxsan örganmoqda.

Tayyorgarligida ayrim masalalar kuzatilişi mumkin bölgan maktablar ertadan öquv jarayonini boşlaşi talab etilmaydi va uşbu maskanlarda kamçiliklarni bartaraf etiş işlari boşlanadi.

Viloyat rahbari barça maktab direktorlari, tibbiyot birlaşmasi rahbarlaridan uşbu masalalarda aniq va batafsil holatlarni örganib ötmoqda”, – deyiladi rasmiy axborotda.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Qayd etilişiça, Andijondagi hamma maktablarga viloyat hokimligi mutasaddilari, boşqarmalar hamda viloyat miqyosidagi davlat idoralari rahbarlari, şahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, hokim örinbosarlari biriktiriladi. Ular orqali maktablardagi vaziyat örganilib, nazorat qilib boriladi.

“Maktab direktorlari va öqituvçilar uşbu masalalar böyiça taşkil etilgan heç bir işga jalb etilmaydi. Ular faqat ta’lim berişadi. Hammasini viloyat hokimi örinbosarlari va biriktirilgan mas’ullar, maktabning xöjalik işlari mudiri iştirokida bajarib boradilar”, – degan Abdurahmonov.

Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, bu majlisga yiğiliş uçun taşkilot rahbarlariga tegişli mutasaddilardan SMS xabar borgan. Jumladan, Buloqboşi tumani hokimligi tomonidan: “Bugun, 10 yanvar kuni soat 18:30 da tuman hokimiyatida [böladigan] hokimlik soatida rasmiy kiyimda iştirok etişingiz söraladi” mazmunida SMS-xabar yuborilgan.