Senatdan dabdabali xarajatlar: Ikki kunlik tadbirga 3 mlrd 230 mln söm sarflangan
|21:29 / 11.01.202344 8205 min
Oliy Majlis Senati ikki kunlik tadbirga 3 mlrd 230 mln söm, sovğa-salomlarga 400 mln söm mablağ sarfladi. Sovğalar orasida har biri 1 mln 70 ming sömlik 150 ta sumka, har biri 387 ming sömlik 15 dona holva va har bir donasi 17 mln söm bölgan 5 dona suvenir ham bor.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Ikki kunlik tadbir uçun — 3 mlrd 230 mln söm
Oliy Majlis Senati 8-9 sentabr kunlari Toşkent şahrida ötkazilgan Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammitiga kelgan mehmonlarni ovqatlantirişga 1 mlrd 56 mln sömdan ortiq mablağ sarflaganiga Kun.uz e’tibor qaratgan edi. Ma’lum bölişiça, tadbirning jami xarajatlari 3 mlrd 230 mln sömni taşkil qilgan.
Senatning binolardan foydalaniş va xöjalik faoliyati boşqarmasi “Sky Evens” MÇJ bilan töğridan töğri şartnoma orqali Kongress markazining ijarasi va kofe-breyk uçun957 mln sömlik, Kongress markazning zallari uçun 1,2 mlrd sömlikhamda sammitga kelgan mehmonlarni ovqatlantirişga 1 mlrd 56 mln sömlik şartnomalar tuzgan.
Kongress-markaz ijarasi va kofe-breyk uçun 957 mln sömKongress-markaz zallari ijarasi uçun 1,2 mlrd sömMehmonlarni ovqatlantirişga 1 mlrd 56 mln söm
400 mln sömlik haşamatli sovğa-salomlar
Senat 27-28 oktabr kunlari MDH Parlamentlararo Assambleyasining navbatdagi sessiyasida iştirok etadigan mehmonlar uçun oçilganiga bir oy bölgan MÇJdan qariyb 250 mln sömlik va yana önga yaqin YaTTlardan turli esdalik sovğalar sotib olgan. Suvenirlardan biri 17 mln sömga tuşgan. Sovğa-salomlarning jami xarajati esa kamida 400 mln sömga tuşgan.
Mavzuga oid
26 oktyabr kuni imzolangan şartnomaga köra, “Blue-White Pantera” MÇJdan qariyb 250 mln sömlik xarid amalga oşirilgan. Sotib olingan sovğalar içida 1 donasi 1 mln 70 ming sömlik sumkadan tortib, 387 ming sömlik holvagaça bor.
Davlat reyestriga köra, “Blue-White Pantera” MÇJ 2022 yil 20 sentabr kuni röyxatga olingan. Korxona Senatdan 250 mln sömlik buyurtmani olgan vaqtida oçilganiga bir oy ham bölmagan.
Şuningdek, parlament yuqori palatasi yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) Saydaliyeva Arofat Baxtiyorovnadan 25 doni şarfni jami 10 mln sömga sotib olgan. Bir dona şarf 400 ming sömdan tuşgan.
YaTT Xolboyev Bahrom Xoliyor öğlidan 28,4 mln sömlik xarid amalga oşirilgan.
Sultanova Surayyo Tölqinovna YaTTdan esa 98 mln sömlik xarid amalga oşirilgan bölib: donasi 17 mln söm turadigan suvenirdan 5 ta sotib olingan. Bu qanaqa suvenir ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Bular hammasi emas. Senat Kengaşining 2022 yil 20 sentabrdagi 409-sonli qöşma qaroriga ilova qilingan hujjatdan körinadiki, Senat öndan ortiq YaTT, bir qança XK va MÇJlardan mehmonlar uçun esdalik sovğalar xarid qilişi qayd etilgan. Ammo davlat xaridlari portalida qolgan şartnomalarni topişning imkoni bölmadi.
Oçiq ma’lumotlardan mavjud şartnomalar hisoblansa, Senatning ikki kunlik tadbiriga kelgan mehmonlar uçun sovğalari soliq tölovçilarga kamida 400 mln sömga tuşgan.
Texnik tizimlar uçun 3,5 mlrd söm
Senat 2022 yil 1 aprelda UZINFOCOM bilan serverlar, ekranlar va tizimlarga texnik xizmat körsatiş uçun töğridan töğri şartnoma tuzgan. Şartnomaga köra, uşbu xizmatlarning har oylik xarajati 349 mln söm etib belgilangan.
Yil söngiga kelib, 15 dekabrda Senat va UZINFOCOM örtasida 1 apreldagi şartnomaga qöşimça ravişda texnik xarajatlar uçun 3,1 mlrd sömlik şartnoma tuzgan.
Şartnomalardan körinadiki, Oliy Majlis Senati 2022 yil apreldan dekabrga qadar serverlar, ekranlar uçun texnik xizmat körsatiş va ovoz beriş tizimlari uçun jami 3,5 mlrd söm mablağ sarflagan.
Senatning uşbu yirik xarajatli şartnomalari davlat tili – özbek tilida emas, rus tilida tuzilgan. Qolaversa, bu texnik xarajatlar umumiy hisob-kitobda berilgan. 3,5 mlrd sömlik xarajat içiga hakerlar hujumiga uçragan saytga texnik xizmat körsatiş ham kirişi yoki kirmasligi haqida ma’lumot keltirilmagan.
Eslatib ötamiz, 2022 yil 2 noyabr kuni Senat rasmiy saytiga kiberhujum uyuştirilgan edi. Natijada saytga kiriş bir muddat imkonsiz bölib qolgandi.
Senat binosini tozalatişga 441,4 mln söm
Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan Cenat binolarini tozalaş, yuviş va ozoda saqlaş uçun töğridan töğri va kompleks ekspertizadan ötkazmasdan şartnoma tuziş uçun “Royal logistika” MÇJni tanlab oliş töğrisida Senat Kengaşining qarori qabul qilingan.
2022 yil 30 avgustda “Royal logistika” MÇJ bilan 392,4 mln sömlik şartnoma tuzilgan, ammo 20 dekabrda uşbu şartnomaga özgartiriş kiritilgan va xarajatlar oşirilib, 441,4 mln sömga yetkazilgan.
Davlat reyestriga köra, “Royal logistika” MÇJ 2020 yil iyunda davlat röyxatidan ötkazilgan. Asosiy faoliyat yönalişi – quruqlikdagi yölovçi taşişning boşqa turlari. Korxonaning 100 foiz uluşi Fayzullayeva Nodira Xayrullo qiziga tegişli ekani körsatilgan.
Ma’lumot uçun, 2022 yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonunda Senatga 59,9 mlrd söm ajratiş közda tutilgan, lekin qonunga kiritilgan özgarişlar bilan Senatning xarajatlari 69 mlrd sömga yetgan.
2023 yilgi davlat budjeti bilan, yuqori palataga yanada köproq – 92,8 mlrd söm ajratildi.