Anomal sovuq tufayli ayrim yirik işlab çiqaruvçi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib beriş hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati qisqa muddatga vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qilmoqda.

«Respublika böyiça anomal sovuq harorat davom etayotgani sababli quvurlarda gaz bosimi keskin pasayişi kuzatilmoqda.

Şu munosabat bilan tabiiy gazni birinçi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlariga yetkazib beriş çoralari körilmoqda.

Şu maqsadda, ayrim yirik işlab çiqaruvçi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib beriş hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati qisqa muddatga vaqtinça töxtatildi.

Şuningdek, ortadigan talabni töliq qondiriş maqsadida avtobenzin va dizel yoqilğisi mahsulotlari qöşimça miqdorlarda sotuvga çiqariladi, şu jumladan zaxiralar hisobidan.

Hurmatli vatandoşlar, havo harorati keskin sovigan şu kunlarda imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanişingizni, zarurat bölmaganda uyda qolişingizni hamda xonadoningizda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanişingizni iltimos qilamiz», deyiladi vazirlik xabarida.

Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söralgan.