Top10VPN xizmati 2022 yilda internet va ijtimoiy tarmoqlarning çeklanişi tufayli mamlakatlar iqtisodiyotiga yetkazilgan zararni hisoblab çiqdi.

Tadqiqot natijalariga köra, Özbekistonda 2022 yilda 5630 soat davomida internet va ijtimoiy tarmoqlarga çeklov qöyilgan. Bu 1 mln 280 mingga yaqin foydalanuvçini qamrab olgan. Moliyaviy zarar miqdori 219,7 mln dollarga teng.

Internetga jiddiy çeklov qöygan 23 ta mamlakat röyxatida Özbekiston 5-örinda qayd etilgan. 

Birinçi örinda katta farq bilan Rossiya bormoqda. Bu davlatning «Roskomnadzor» taşkiloti 2022 yilda bir qator yirik, jumladan, Facebook, Twitter va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarni bloklab qöygan edi. Rossiyada internetga qöyilgan çeklovlar oqibatida kelib çiqqan zarar 21,5 mlrd dollardan oşadi. 

Şuningdek, Özbekistondan oldinda qayd etilgan mamlakatlar röyxatida Eron, Qozoğiston va Myanma ham bor.

2021 yilda «Özkomnazorat» 13 oy davomida bir qança xorijiy ijtimoiy tarmoqlarni, jumladan, VKontakte, Twitter, WeChat, Skype kabi internet xizmatlaridan foydalanişni sekinlaştirdi. Resurslar 2021 yilning yozidan boşlab «şaxsiy ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvçilar» röyxatiga kiritildi.

2021 yil noyabr oyida uşbu röyxatga qisqa muddat davomida YouTube, Facebook, LinkedIn, Instagram, Odnoklassniki, Telegram va Moy Mir kiritildi. Biroq, bir neça soatdan keyin çeklovlar bekor qilindi.

Twitter, WeChat va VKontakte tarmoqlariga qöyilgan çeklovlar 2022 yil 1 avgustdan olib taşlandi.

Şuningdek, 2022 yil iyun oyi oxiri va iyul oyida Qoraqalpoğistonda ommaviy tartibsizliklar paytida va undan keyingi favqulodda holat joriy etilganda rasmiylar tomonidan internet çeklab qöyilgan edi.