Keça, 11 yanvar kuni Tojikistonda birdaniga 6 nafar egizak dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi.

“Asia-Plus” manbasiga köra, bugun egizaklarning barçasi vafot etdi.

Xöjand tuğuruqxonasi boş şifokori Nuri Dadaboyeva yangi tuğilgan çaqaloqlarning barçasi vafot etganini tasdiqlagan.

Şifokorning sözlariga köra, ölimning asosiy sababi erta tuğuruq va kam vazn bölgan. Çaqaloqlarning vazni 600-700 grammni taşkil etgan.

Ma’lumot uçun, egizaklarning 4 nafari qiz va 2 nafari öğil edi. Dastlabki ma’lumotga köra, tuğilgan vaqtda ularning soğliği normal holatda bölgan.