Ikkinçi köngillining hujjatlari ham topilgani aytilgan. 

Endryu Begşou va Kristofer Perrining ğoyib bölgani haqida avvalroq jurnalist Viktoriya Ivlevaning öğli xabar bergan edi. 

XHK egasi Yevgeniy Prigojinning matbuot xizmati ikkala britaniyalikning hujjatlarini e’lon qildi.

Bundan oldin Ukrainaning Donbass hududidagi janglarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi a’zosi, asli surxondaryolik Sardor Sa’dullayev Ismatullo öğli halok bölgandi. 

Bu haqda Boşqirdistonning Burayevo qişloği ma’muriyati rahbari Ruşan Garayev ijtimoiy tarmoqda xabar berdi. Uning yozişiça, 29 yoşli yigit bilan vidolaşuv marosimi 7 yanvar kuni Burayevo qişloğida ötkazilgan. 

Xabarda keltirilişiça, Sardor Sa’dullayev 1993 yil 9 mayda Özbekistonning Surxondaryo viloyati, Şarğun şahrida tuğilgan. 2003 yilda oila Rossiyaning Burayevskiy tumani, Burayevo qişloğiga köçib ötgan. 2010 yilda 3-sonli örta maktabning töqqizinçi sinfini tugatgaç, Ufa neft kollejiga öqişga kirgan, u yerdan RF Qurolli kuçlari safiga çaqirilgan.