Toşkent va Özbekistonning boşqa hududlarida gaz bosimi keskin pasayişi kutilmoqda. Bu haqda Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning tuman hokimlari va sektor rahbarlariga qilgan audiomurojaatida aytiladi.
«Gaz [bosimi] keskin tuşadi. Nafaqat Toşkentda, balki hududlarda ham tuşişi kutilyapti. Şu sababli hamma gaz zapravkalarni öçiramiz, faqat 4 tasi qoladi, kommunal xizmatlar uçun. Şahar transporti gazdan solyarkaga ötadi, [iste’molni] keskin qisqartirişimiz kerak böladi.
Butun fabrika va zavodlar, egasi kim bölişidan, qanday odam bölişidan qat’i nazar elektrdan ham, gazdan ham uzişga majburmiz», degan şahar hokimi.
Uning sözlariga köra, şaharda bugun köça çiroqlari va LED-ekranlar öçiriladi. «Şahardagi maxsus köçadan taşqari barça köçalarda yoritkiçlarni öçirişga majburmiz. Jiddiy qaraymiz», degan u.
«Ikki kun şunaqa vaziyat. Bunday vaziyatda fuqarolarimiz holidan xabar olib, issiq ovqat bilan yordam berişimiz kerak. Bugun 52 ta töyxona bilan gaplaşildi, haqi berildi. Bugundan boşlab ular 50−100 kilogrammdan oş tarqatişadi. Hamma kirib yeyişi mumkin, toğoraçasida uyiga olib ketişi mumkin», — degan u.
Jahongir Ortiqxöjayev rahbarlardan «qanday qilib bölsa ham ikki kun turib beriş»ni söragan.
«Özlaringiz ham yonlaringizda issiq ovqat qilasizlarmi, boşqa qilasizlarmi, yonlaringdan xarajat qilinglar, deb aytmayman. Kimda qanday xarajat kerak bölsa, mendan emas, mening yordamçilarimdan kelib pulini olinglar, naqd olinglar, lekin bu narsani qilinglar. Pul topolmasdan, mendan söramasdan e’tiborsizlik qilsangizlar, juda könglimni oğritadi… Hozir pulni sanab ötiradigan vaziyat emas, butun şaharda fuqarolarning könglini iloji boriça kötarib, issiq ovqat bilan ta’minlab, muammolarini hal qilib, hamma tik oyoqda turadigan vaziyat…», — degan hokim.
Şahar hokimi gaz bosimi pasayişi tufayli aholi orasida norozilik ortişi mumkinligini tan olib, şuning uçun salbiy holatlarning oldini oliş uçun barça çoralarni köriş kerakligini ta’kidlagan.
«Biz barçamiz bu ikki kunda oyoqda bölişimiz kerak… Agar biz bugun turib bera olmasak, ertaga keç böladi… Biz davlatga bugun kerakmiz. Agar biz buni qila olmasak, xalq [köz öngida] bir tiyinga yaramas hokimlar, bir tiyinga yaramas sektor rahbarlari, boşqarma boşliqlari bölamiz», — deya qayd etgan Jahongir Ortiqxöjayev.
















