«Biz aniq bilamizki, ukrainaliklar Soledar yaqinida harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda», — deya qöşimça qildi Pentagon vakili.
Şuningdek, u Pentagon Moskvaning Ukrainaga Belarus hududidan hujum qilişga tayyorlanayotgani alomatlarini körmayotganini ta’kidladi.
Rossiya kuçlarining Soledar töliq egallab olingani haqidagi bayonotlari haqiqatga töğri kelmaydi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuçlarining Şarqiy guruhi vakili Sergey Çerevatiy «Suspilne» telekanaliga bergan intervyusida.
«Rossiyaliklar Soledar ularning nazorati ostida ekanini aytişyapti, bu haqiqat emas. Tafsilotlar Boş ştab xulosasida, kuting», - deb ma’lum qildi u.
Öz navbatida, Ukraina Qurolli kuçlarining Strategik aloqa boşqarmasi Yevgeniy Prigojinning «Vagner» XHKning rossiyalik yollanma askarlari Soledar butun hududini nazorat qilayotgani haqidagi bayonotini yolğon ma’lumot va psixologik operatsiya deb atadi.


















