Ukrainada uruşning 326-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligi Ukraina böylab 14 yanvar kuni yöllangan raketa zarbalari yuzasidan (aynan öşanda raketalardan biri Dniprodagi turar joy binosiga tuşib, ikki pod’yezdni yakson qilgan) izoh berdi. Vazirlikning ma’lum qilişiça, zarbalardan maqsad «Ukraina harbiy boşqaruv tizimlari va u bilan aloqador energetika obektlari» bölgan va «zarbadan maqsadga erişilgan»;
  • Dniproda töqqiz qavatli uyga hujum oqibatida halok bölganlar soni 40 nafarga yetdi, yana 70 dan ortiq kişi yaralangan, 30 dan ortiq kişi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda;
  • Belgorod oblastida harbiy xizmatçilardan biri safarbar qilingan askarlar orasida obro‘ qozoniş uçun granata portlatib yuborgan, natijada uç kişi halok bölib, 16 kişi yaralangan;
  • Angarsklik sobiq militsioner, köp sonli zöravonliklar va qotilliklar uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Mixail Popkov «Vesti-Irkutsk» davlat telekompaniyasiga bergan intervyusida yana ikki qotillik uçun aybiga iqror böldi va armiyaga yozilib, Ukrainadagi uruşga yöl oliş haqida öylayotganini aytdi;

Dnipro

14 yanvar kuni Dniproda Pobeda sohilidagi töqqiz qavatli uyning ikki pod’yezdini vayron qilgan raketa zarbasi kelib tuşgan joyda işlayotgan quruvçilar. Ukraina hukumatining sönggi ma’lumotlariga köra, bu zarba oqibatida 40 kişi halok bölgan, yana 35 kişi bedarak ketgan, 70 dan ortiq kişi yaralangan.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Dniprodagi qutqaruv amaliyotining yuqoridan körinişi. Bu Ukrainada ötgan yil iyunidan buyon fuqarolik obektiga qilingan eng vayronkor hujum böldi, öşanda Kremençugdagi «Amstor» savdo markaziga raketa kelib tuşganida, Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati 59 kişi jabrlangani va kamida 20 kişi halok bölgani, yana önlab kişilar bedarak yöqolgani haqida ma’lum qilgandi.
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Qutqaruvçilar Dniprodagi köp qavatli bino xarobalarida işlamoqda
Mykola Miakshykov / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA