Energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yiğilişda prezident respublikaning qolgan hududlarida ham ahvol yomonligini tanqid qildi.
«Bugungi kunda barça darajadagi rahbarlarning eng katta vazifasi – elektr va gaz tarmoqlarining uzluksiz işlaşini ta’minlab beriş. Lekin tegişli sohalar mutasaddilari buni uddalay olmayapti», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev lavozimidan ozod etildi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Uluğbek Mustafoyev, «Öztransgaz» rahbari Behzod Normatov va «Özbekneftgaz» rahbari Mehriddin Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvçi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ raisi Farhod Abdurahmonov lavozimidan ozod etilgan.
«Agar tarmoq korxonalarining ayrim moliyaviy masalalari vaqtida yeçib berilganda, daromadlarining bir qismi investitsiya qilinib, tarmoqlarni yangilaşga yönaltirganda vaziyat bunçalik oğir bölmas edi», deb ta’kidlandi yiğilişda.
Bu masalada ham mas’ullar e’tiborsizlik qilgani tanqid qilindi.
Endi butunlay boşqaça tizim bölişi – strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga ötkazilişi belgilandi.
Zangiota, Toşkent, Buloqboşi, Xöjaobod, Uçqörğon, Koson, Karmana, Qamaşi, Şofirkon, Xöjayli, Denov, Şarof Raşidov, Pastdarğom, Farğona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Farğona, Guliston, Çirçiq şaharlari hokimlari mas’uliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan heç qanday xulosa çiqarmagani körsatib ötildi.
Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Çirçiq şahar hokimiga «hayfsan» berildi.

















