Termiz davlat universiteti akademik litseyi binosini isitişga möljallangan qozonxona portlagan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa bugun, 2023 yil 16 yanvar kuni soat 11:30 da sodir bölgan. Akademik litsey binosini isitişga möljallangan qozonxonada taşqi tomon quvurlarining muzlab qolişi tufayli ortiqça buğ töplanib, içki bosim yuqori darajada ortib ketgan va portlaş sodir bölgan.
Portlaş oqibatida şu yaqin atrofda faoliyat olib borayotgan ikki nafar xodim kuçli zarb tufayli tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Yana bir xodim şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Termiz şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Olib borilayotgan tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Avvalroq, Xovos tumanidagi ikki qavatli binoda gaz portlagan va ikki kişi halok bölgan, bir kişi şifoxonaga yotqizilgandi.
















