Vazirlar Mahkamasining "Tovarlarni bojxona tranziti rejimiga joylaştiriş tartibi töğrisida"gi qarori qabul qilindi.

Bojxona kodeksining 118 va 261-moddalariga muvofiq: tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylaştiriş uçun deklarant tomonidan bojxona organiga tranzit deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etiladi; tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona çegarasini kesib ötguniga qadar yoki kesib ötiş vaqtida beriladi.
 
Tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etiş va rasmiylaştiriş bilan boğliq bölgan operatsiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qömitasining «Ye-Tranzit» avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • tranzit deklaratsiyasining bojxona rasmiylaştiruvi bosqiçlari; 
  • tranzit deklaratsiyasi taqdim etilişi talab etiladigan va talab etilmaydigan holatlar;
  • tranzit deklaratsiyasini taqdim etişda ilova qilinadigan hujjatlar turlari;
  • tranzit deklaratsiyasini «Ye-Tranzit» avtomatlaştirilgan axborot tizimida röyxatga oliş tartibi;
  • tranzit deklaratsiyasini özgartiriş, unga qöşimça kiritiş, uni qayta rasmiylaştiriş yoxud bekor qiliş asoslari va tartibi.