Özbekiston va Qozoğiston mahkumlarni jazoni ötaş uçun bir-biriga beriş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Qozoğiston Majlisida «Qozoğiston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasida ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan şaxslarni jazoni ötaş uçun beriş töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Boş prokuror örinbosari Aset Çindaliyev sözlariga köra, Qozoğiston va Özbekiston örtasida mahkumlarni topşiriş böyiça kelişuv gumanitar ahamiyatga ega.
«Bu çoralar birinçi navbatda insonparvarlik xarakteriga ega. Köp hollarda boşqa davlatda jazo ötayotganlar mahalliy aholining tili va urf-odatlarini bilmaydi. Odamlar bilan muloqot murakkablaşadi, çunki atrof-muhit boşqaça. Qarindoş-uruğ va döstlardan uzoqda. Bunday odamni jamiyatga moslaştiriş unçalik oson emas», dedi u.
Boş prokuror örinbosari sözlariga köra, vataniga qaytiş uçun avvalo mahkumning özi rozi bölişi kerak.
«Şartnoma şartlariga kelsak, mahkumni boşqa joyga ötkaziş uçun birinçi navbatda uning roziligi kerak - şaxs öz mamlakatida jazoni ötaş niyati haqida ariza berişi kerak», dedi Çindaliyev.
Uning ta’kidlaşiça, mahkumni ekstraditsiya qiliş uçun qöyiladigan talablar bir qança.
«Birinçi navbatda u fuqarolikka ega bölişi, qilmişi har ikki davlatda ham jinoyat hisoblanişi, jazoni ötaş muddati kamida bir yil bölişi kerak. Şuningdek, bunga har ikki davlat ham rozilik berişi kerak. Agar uning topşirilişi mamlakat suvereniteti va xavfsizligiga putur yetkazsa, bu milliy qonunçilikka zid bölsa va şaxsga nisbatan sud yoki tergov jarayoni davom etayotgan bölsa yoki uning moliyaviy qarzlari bölsa, mahkumlar ekstraditsiya qilinmaydi», deb xulosa qildi u.
Qozoğiston Boş prokuraturasi ma’lumotlariga köra, Qozoğistonda sudlangan 225 nafar Özbekiston fuqarosi öz mamlakatida jazoni ötaş istagini bildirgan. Şu bilan birga, Özbekistonda sudlangan 20 nafar qozoğistonlik bor.

















