Prezidentning "Toşkent şahrida transport infratuzilmasini yanada rivojlantiriş va yöl harakatini raqamli boşqariş tizimini joriy etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvçi «Toşkent şahar tirbandlik yuqori bölgan köçalarida ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş, transport oqimlarini samarali boşqarişni joriy etiş va yöl ötkazgiçlari quriş konsepsiyasi» tasdiqlanadi:

  • çorrahalar va avtomobil yöllaridan ötayotgan transport vositalari harakatini samarali boşqariş va taqsimlaş tizimini yaratiş orqali tirbandliklar yuzaga kelişining oldini oliş va ularning sonini keskin kamaytiriş;
  • avtomobil yöllari infratuzilmasini takomillaştirişda jamoat transporti harakati ustunligini ta’minlaş orqali jamoat transportining jozibadorligini oşiriş va şahar markazida harakatlanayotgan yengil avtotransport vositalarining sonini 20 foizgaça qisqartiriş;
  • tartibga solingan yöl böyi pulli avtomobil töxtaş joylari tizimini taşkil etiş orqali pulli avtomobillar töxtaş joylari sonini köpaytiriş va bevosita şaxsiy avtotransport vositalaridan foydalaniş darajasini kamaytiriş;  
  • çorrahalar geometrik parametrlarini özgartiriş yöli bilan avtotransport vositalarining ötkazuvçanligini 15 foizga oşiriş, avtotransport vositalaridan atrof tabiiy muhitga yetkazilayotgan zararlar miqdorini 35 foizgaça kamaytiriş;
  • yöl ötkazgiçlar va çorrahalarni loyihalaş va qurişda zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etiş orqali raqamlaştiriş körsatkiçini 90-95 foizga kötariş;
  • avtotransport vositalari oğirligi va gabariti nazorati böyiça statsionar şoxobçalari tizimini yaratiş orqali şahar yöllari böylab yuk taşuvlarini tartibga soliş.